BUYURTMA QOʻRIQXONA

BUYURTMA QOʻRIQXONA (zakaznik) — hudud yoki akvatoriyaning bir qismi. Unda qoʻriqxonadatilek barcha tabiat majmuasi emas, balki uning ayrim elementlari — oʻsimlik, tuproq, hayvonot dunyosi, foydali qazilmalari va b. qismlari qonun bilan qoʻriqlanadi va oʻsimlik, hayvonlari koʻpaytiriladi. Buyurtma qoʻriqxona larda nodir, foydali oʻsimlik va hayvonotlar koʻpaytirilib, boshqa joylarga tarqatilishi ham mumkin. Buyurtma qoʻriqxonalar muddatiga koʻra uzoq vaqtga yoki qisqa vaqtga moʻljallangan, muddatsiz boʻladi. Eng koʻp tarqalgan Buyurtma qoʻriqxona lar: ovchilik, baliq xoʻjaligi, landshaft, oʻrmon, dasht va botqoq Buyurtma qoʻriqxonalari, geologik va gidrologik Buyurtma qoʻriqxona lari va b. Tabiiy Buyurtma qoʻriqxonalar, shuningdek tarixiy-memorial ahamiyatga ega boʻlgan hududlarni saqlash uchun taʼsis etilgan Buyurtma qoʻriqxonalar ham mavjud. Dengiz va okeanlarning muayyan qismlari ham Buyurtma qoʻriqxonaga aylantirilishi mumkin. Qoʻriqpanayotgan obyektdan kelib chiqqan holda ov qilish, baliq ovlash, yogʻoch kesish, mol boqish, pichan oʻrish va b. taqiqlanadi. Buyurtma qoʻriqxonada, odatda, xoʻjalik faoliyati man qilinadi. OʻzRda oʻnga yaqin Buyurtma qoʻriqxona (Abdusamat, Oqbuloq va b.) bor.


Lotin alifbosida maqola: BUYURTMA QOʻRIQXONA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ROSSIYA
TOSHKENT
OKEAN
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты