BOLBOLLAR

BOLBOLLAR, tosh maʼbudlar — tosh haykallar yoki tosh taxtalarga boʻrttirib ishlangan odam tasviri. Markaziy Osiyo, Tuva, Oltoy, Jan. Sibir, Moʻgʻulistonning turkiy xalqlar yashagan dashtlaridagi tepaliklarga oʻrnatilgan. Ohangaron vodiysidan topilgan erkak shakli boʻrttirib ishlangan tosh taxta muhim ahamiyatga ega. Bolbollar asosan 6—8a. larda, baʼzi yerlarda 12-a. gacha rasm boʻlgan. Bolbollarni ilmiy jihatdan oʻrganishga V. V. Bartolʼd, N. I. Veseldvskiy asos solishgan.

Bolbollar qabrlar, shuningdek maxsus tepaliklarga oʻrnatilgan. Ular asosan erkak, ayrim hollarda ayol haykallari boʻlgan. Koʻpchilik Bolbollar qoʻlida idish ushlagan qurolli erkak shaklida tasvirlangan. Baʼzi olimlar Bolbollar oʻlgan odam (jumladan qabila zodagoni) ning, ayrimlari esa oʻldirilgan dushmanning tasvirini anglatadi deb hisoblaydilar.

Bolbollarga topinish va ular oldida turli marosimlarni oʻtkazish ajdodlar ruhiga sigʻinish bilan bogʻliq. Bolbollarni oʻrganish turkiy xalqlarning ijtimoiy tuzumi, urfodatlari, sanʼati, tarixi kabi masalalarni tushunishda katta yordam beradi.


Lotin alifbosida maqola: BOLBOLLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
XITOY
YER
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты