ANESTEZIYALOVCHI MODDALAR — sezuv nervi oxirlari (retseptorlari) va tolalari orqali qoʻzgʻalish oʻtishini vaqtincha toʻxtatib qoʻyadigan dorilar. Ularning eng asosiy farmakologik xossasi har qanday sezuvchanlikni avvalo ogʻriq hissini yoʻqotish. Shu sababli Anesteziyalovchi moddalardan (novokain va b.) jarrohlik operatsiyalarida mahalliy ogʻriqsizlantirish, yaʼni anesteziya uchun foydalaniladi.