ARAB TILI

ARAB TILI — Somiy tillar guruhining jan. tarmogʻiga mansub til. Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Afrika shim. dagi yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. Arab tilida 200 mln. dan ortiq aholi gaplashadi (1997). Qadimiy Arab tili mil. av. 5 — 4-a. larga taalluqli obidalar orqali maʼlumdir. U mumtoz arab tilining paydo boʻlishiga zamin boʻlgan. Mumtoz Arab tilining leksik va grammatik shakllanishi johiliya davri (5 — 7-a. lar) shoirlarining ogʻzaki ijodlarida namoyon boʻla boshlagan. Qurʼoni Karimning nozil boʻlishi natijasida mumtoz Arab tili badiiyati yanada goʻzallashdi va grammatik meʼyorlari mukammallashdi. 8 — 9-a. larda mumtoz Arab tili grammatikasi ishlab chiqildi, islom yoyilgan oʻlkalarda rasmiy va ilmiy til boʻlib qoldi. Ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy va b. ilmiy asarlarini ana shu tilda yozganlar. Mumtoz Arab tili leksik jihatdan bir oz oʻzgargan holda, hozirga qadar arablarning adabiy tili boʻlib kelmoqda. Buning asosiy sababi arab dunyosini birlashtirib turuvchi Qurʼoni Karim, Hadisi Sharif va b. moʻtabar manbalardir. Arab dunyosidagi vaqtli matbuot, nashrlar, radio va televideniye hoz. shu tilda. Arab soʻzlashuv tili adabiy tildan keskin farqlanadi, fonetik va leksik jihatdan bir-biriga oʻxshamaydi. Misr, Sudan, Suriya, Iroq, Magʻrib, Xasaniya (Mavritaniya), Shoa (Nigeriya, Kamerun, Niger) lahjalariga boʻlinadi. Ushbu lahjalar asosan 3 sababga koʻra yuzaga kelgan:

1) arab adabiy tiliga quraysh qabilasi (Makka) shevasida nozil boʻlgan Qurʼoni Karim tili asos boʻlgan, zero oʻsha vaqtlardayoq Arabiston ya. o. da yashovchi qabilalarning tillarida turli tafovutlar bor edi;

2) hoz. arab dunyosining aksar qismi kelib chiqishi arab boʻlmagan xalqlardir. Ular islom taʼsirida arablashgan. Ularning hoz. soʻzlashuv tilida islomgacha mavjud boʻlgan ona tillari unsurlarining boʻlishi, tabiiy;

3) arab dunyosining aksar qismi gʻarb istilochilari hukmronligi ostida boʻlganligi hududiy lahjalarning jiddiy farklanishiga olib kelgan. Turkiston, xususan hoz. Oʻzbekiston hududi Arab xalifaligi tomonidan boʻysundirilgach va islom mahalliy aholi tomonidan qabul qilingach, Arab tili hamda arab yozuvi mazkur hududda ilm-fan tili va yozuviga aylandi. Shu bilan bogʻliq holda arabshunoslik vujudga keldi.

Ad.: Sharbatov G. Sh., Sovremennыy arabskiy yazыk, M., 1961; Talabov E., Arab tili, T., 1993.

Sarvar Abdullayev.


Lotin alifbosida maqola: ARAB TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BERUNIY
ALISHER NAVOIY
AFGʻONISTON
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AFRIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты