AVSTRALIYA FLORISTIK DUNYOSI

AVSTRALIYA FLORISTIK DUNYOSI — Yer yuzidagi floristik dunyolardan biri. Unga Avstraliya qitʼasi kiradi. Avstraliya floristik dunyosi oʻziga xosligi, juda qadimgiligi va endemlarga boyligi bilan ajralib turadi. Chunki mezozoy erasida Avstraliya Osiyoning yondosh qismlariga bogʻlanib turgan. U Osiyodan ajralib qolgandan soʻng oʻsimliklar olami mustaqil, oʻziga xos ravishda rivojlana borgan. Avstraliya floristik dunyosi 12000 dan ziyod toʻrni oʻz ichiga oladi, shundan 570 turkumga mansub 9100 tur endemik (faqat Avstraliyaga xos)dir. Endemik turkumlarga Nakea (Proteaceae), Pultennaea (Fabaceac), Boronia (Rutaceae), Dampiera (Goodeniaceae) kabilar kiradi. Bu yerda Platyzomataceae, Austrobaileyaceae, Enblingiaceae, Davidsoniaceae, Akaniaceae kabi endemik oilalar ham bor. Avstraliya oʻsimliklar qoplamining shakllanishida Acacia, Eucalyptus, Casayrina, Melaleuca kabi turkumlarning vakillari katta rol oʻynaydi. Avstraliyaning gʻarbiy va sharqiy qismlarini qadimda uzoq vaqt dengiz ajratib turganligi uchun uning markaziy qismidagi koʻpgina oʻsimlik turlarining areallari bir-biridan uzilib qolgan. Baland togʻlarning yon bagʻirlari va Katta Suvayirgʻich tizma platosining ayrim joylarida oʻrmonlar choʻqqilargacha yetib bormaydi. Subalp va alp oʻtloklarida shim. togʻ oʻsimliklaridan ayiqtovon, binafsha, veronika va gnafalium va b. uchraydi.

Avstraliyaning shoʻrxok choʻllari (Markaziy r-nlari) shoʻra (qizil shoʻra, olabuta, izen), qumli yerlari qattiq tikanli (ayniqsa Chenopodiaceae oilasiga mansub) oʻsimliklar (triodiya, spinifeks) bilan qoplangan. Bu r-nlarga shim. va sharqdan qattiq bargli butazorlar ulanib ketadi. Shim.-gʻarb va sharqda butazorlar tugab, asta-sekin past boʻyli fillodiya akatsiyalari va evkaliptlar oʻsadigan keng savannalar, undan ham narida savanna oʻrmonlari keladi. Qitʼaning jan.-gʻarbida va sharqida dengizga yaqinlashgan sari doim yashil subtropik oʻrmonlar, Marjon dengizi sohillarida esa nam tropik oʻrmonlar — gileyalar bor. Avstraliya floristik dunyosining subtropik va subantraktik oʻrmonlarida bahaybat (bal. 100 m va diametri 2 m gacha boʻlgan) evkaliptlar, daraxtsimon paporotniklar, sagovniklar va b. relikt oʻsimliklar oʻsadi. Avstraliya butun dunyoda ekiladigan va qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimliklar (evkalipt va akatsiyalar) vatanidir. Avstraliya floristik dunyosi oʻsimliklar dunyosining magʻzini qad. golantarktida florasi tashkil etadi. Avstraliya floristik dunyosi uchta floristik obl. ga boʻlinadi (Taxtajyan, 1978): 1. Shim.-sharqiy avstraliya obl. Bu obl. oʻziga xos floraga ega 4 ta provinsiyaga boʻlinadi:

1) Shim. avstraliya provinsiyasi;

2) Kvinslend provinsiyasi;

3) Jan.-sharqiy avstraliya provinsiyasi;

4) Tasmaniya obl. 2. Jan.gʻarbiy avstraliya obl. bitta — janubigʻarbiy avstraliya provinsiyasini oʻz ichiga oladi. 3. Markaziy avstraliya yoki eremey obl. ham bitta eremey provinsiyasidan iborat.


Lotin alifbosida maqola: AVSTRALIYA FLORISTIK DUNYOSI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
OSIYO
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты