ADAMOV Leon Tigranovich

ADAMOV Leon Tigranovich (1929.26.10, Qoʻqon) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan meʼmor (1989). Oʻrta Osiyo politexnika in-tini tugatgan (1954). 1954 — 92 y. lar Toshkentdagi i. t. va loyihalash in-tlarida meʼmor va bosh meʼmor, Toshkent sh. ning bosh meʼmori oʻrinbosari. 1992-y. dan Oʻzbekiston meʼmorlar uyushmasi qoshidagi Meʼmorlik jamgʻarmasida bosh direktor. Toshkentdagi Ch«ilonzor turar-joy dahasi» (1959 — 69), Sanʼat saroyi (1961 — 63), Mustaqillik maydonidagi maʼmuriy binolar (1968 — 74), A. Navoiyga oʻrnatilgan yodgorlik (1989 — 91), shuningdek S. Rahimov, Adamov Ikromov haykallarining meʼmoriy qismi va b. A. loyihasi hamkorligida yaratilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970).


Lotin alifbosida maqola: ADAMOV Leon Tigranovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
MEʼMORLIK
TURAR JOY
YAPONIYA
TOJIKISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты