AMUDARYO TUMANI

AMUDARYO TUMANI — Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarkibidagi tuman. 1957-y. 18 dek. da tashkil etilgan. Amudaryo tumani shim. da Nukus tumani, sharqda Xorazm viloyatining Gurlan tumani, jan. hamda gʻarbda Turkmanistonning Gubadogʻ tumani bilan chegaradosh. Mayd. 1,02 ming km2. Aholisi 126,1 ming kishidan ziyod (1999). Amudaryo tumanida 1 shahar (Mangʻit), 1 shaharcha (Jumurtov), 10 ovul fuqarolari yigʻini (Bobur, Doʻrmon, Quyuqqoʻpir, Nazarxon, Xitoy, Choykoʻl, Oʻrta-qalʼa, Qangli, Qilichboy, Qipchoq) bor. Markazi — Mangʻit sh.

Tabiati. At. relyefi, asosan, tekislikdan iborat. Amudaryoning chap sohili boʻylab Jumurtov tizmasi joylashgan. Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 16, — 2G, iyulniki 27 — 32°. Yiliga oʻrtacha 100 — 110 mm yogʻin tushadi. Amudaryo tumanida Qipchoqarna, Mangʻitarna, Qilichniyozboyarna kanallari, Qorakoʻlyop, Bogʻyop, Seityop, Oqoltin, Alieliyop, Eshonyop, Shoʻryop, Halimbegyop, Ushinyop, Qumyop, Chatli-yop, Qizilyop, Kulotyop, Churchiyop, Qirqarqanyop, Xorazmyop, Quyi Tuvligayop, Jumuryop, Oltinyop, Toshyop, Alimboyyop, Qoraqalpoqyop, Boʻzsuv ariklari bor. Bu kanal va ariqlar barcha xoʻjalik yerlarini suv bilan taʼminlaydi. Yerlarni shoʻrlanish va botqoqlanishdan saqlash maqsadida kollektorlar qurilgan. Tuman hududidagi Shaharsafo, Orqakoʻl, Qorachoʻtal, Choykoʻl, Tuzloq, Tojiqalkoʻl, Baytukoʻl, Uzunkoʻl, Sarichnugulkoʻl, Oqseytbobo va Otajon koʻllarida baliq, oʻrdak va b. qushlar koʻp. Koʻllardagi qamish va yakandan qurilish materiali sifatida foydalaniladi. Tuman hududi, asosan, soz va qumloq tuproqli boʻlib, tol, terak, tut, gujum, qaragʻan, turangʻil, oqbosh, yantoq, ajriq, pechak, shoʻra, kdmish, chirmovuq, semizoʻt, yakan, otquloq va b. oʻsadi. Qobon, shakal, buri, kemiruvchilardan sichqon, kalamush, qushlardan qirgʻovul, oʻrdak, gʻoz, qargʻa, zogʻcha, chumchuq, koʻkqoʻton, kaptar, qumri, koʻkkargʻa, sariq chumchuq, toʻrgʻay va b. yashaydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirgʻiz, rus, tatar, koreys, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 132 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 30,6 ming kishi, qishloq aholisi 95,5 ming kishi.

Xoʻjaligi koʻp tarmoqli. Sanoat korxonalaridan Mangʻit paxta tozalash, gʻisht z-dlari, maishiy xizmat k-ti, Mangʻit ip-yigiruv va tikuvchilik k-tlari, Qoraqalpogʻistonda eng yirik xoʻjaliklararo qurilish boshqarmasi va 3 tuzatish-qurilish tashkilotlari va yirik qurilish tashkilotlari bor. Amudaryo tumani Taxiatosh GRES va Mangʻit GES energiyasidan foydalanadi. Tumanda 323 kichik korxona va 27 hissadorlik jamiyati mavjud.

Q. x. ning asosiy tarmoqlari paxtachilik, pillachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilikdir. Q. x. da sugʻoriladigan yerlar 39,1 ming ga, ekinzorlar 36 ming ga, shu jumladan 21 ming ga yerga paxta, 1,5 ming ga yerga sabzavot, 2,8 ming ga yerga beda, 1,5 ming ga yerga sholi, 2,4 ming ga yerga makkajoʻxori ekiladi. Amudaryo tumanida 18 jamoa xoʻjaligi, dehqon-fermer va shirkatlar uyushmasi, 296 dehqon-fermer xoʻjaligi va b. xoʻjaliklar bor (1997). Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 46,2 ming qoramol, 4,7 ming qoʻy va echki, 77 ming parranda bor (1997). 1996/97 oʻquv yilida 83 umumiy taʼlim maktabida 33,6 ming oʻquvchi, 1 litseyda qariyb 400 oʻquvchi taʼlim oldi. 52 ommaviy va bolalar kutubxonasi, 21 klub, 36 kinoqurilma, 3 madaniyat uyi, 710 oʻrinli 6 kasalxona va dispanser, 6 ambulatoriya, 55 feldsherlik punkti boʻlib, ularda 327 vrach, 1077 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. «Amudaryo haqiqati» tuman gaz. 1934-y. dan chiqadi (adadi 3000).


Lotin alifbosida maqola: AMUDARYO TUMANI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMUDARYO
ANDIJON VILOYATI
BUXORO VILOYATI
AFRIKA
ARNASOY TUMANI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты