AKULALAR

AKULALAR (Selachomorpha) — togʻayli baliqlar sinfi plastinka jabralilar kenja sinfining katta turkumi. Tanasi suyri shaklda, suv tubida yashovchi Akulalar yassi, uz. 15—40 sm dan (tikanli qora Akulalar) 15—20 m gacha (gigant Akulalar), ogʻirligi 14 t gacha (gigant va kit A.). Tanasi plakoid tangachalar bilan krplangan. Jabra yoriqlari 5 (baʼzi turlarida 6—7) tadan boʻlib, boshining ikki yonida, ogʻzi boshining ostida tanasiga koʻndalang joylashgan. Dum suzgichi kuchli rivojlangan, har xil kattalikdagi (gsterotserkal) ikkita boʻlakdan iborat. Tishlari koʻp, uchi oʻtkir. Yirtqich Akulalarning tishlari juda yirik. Koʻpchilik Akulalar yirtqich; baliqlar, mollyuskalar va b. hayvonlar b-n, kit va gigant Akulalar esa plankton bilan oziqlanadi. Akulalar tuxumdan tirik tugʻadi yoki tuxum qoʻyib koʻpayadi. Akulalar 6 turkumni (har xil tishlilar, koʻp jabralilar, lamnosimonlar, katransimonlar, arraburunsimonlar, skvatinsimonlar), 20 oilani oʻz ichiga oladi. Akulalar Orol va Kaspiy dengizidan boshqa hamma dengiz va okeanlarda, ayrim turlari chuchuk suv havzalari (Gang va Amazonka daryolari, Nikaragua koʻli)da yashaydi. Qora va Uzoq Sharq dengizlarida tikanli qora Akulalar, yaʼni katran, Shim. va Uzoq Sharq dengizlarida seld Akulalar, shim. dengizlarda qutb A. tarkalgan. Akulalar ayniqsa tropik dengizlarda xilma-xil boʻladi. Koʻpchilik Akulalar ovlanadi, jigaridan baliq yogʻi olinadi, goʻshti ovqat uchun ishlatiladi. skeletidan baliq yelimi tayyorlanadi. Koʻpchiligi yirtqich Akulalar (yoʻlbars A., karxarodon, bolgʻabosh A., mako Akulalar va b.), asosan baliqlar va suvdagi umurtqasizlar b-n oziqlanadi.


Lotin alifbosida maqola: AKULALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Nelly - Bay [Wal-Mart Bonus Track]
YER
BALIQLAR
OKEAN
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты