AVTOMOBIL DVIGATELI

AVTOMOBIL DVIGATELI — avtomobilni harakatga keltiruvchi qurilma. Avtomobil dvigateli 2,3,4 va undan ortiq silindrli boʻlib, ular bir qator yoki «V» tartibida joylashtiriladi. Zamonaviy avtomobillardan eng keng tarqalgani porshenli ichki yonuv dvigateli. Ish jarayoni boʻyicha ikki taktli dvigatel va toʻrt taktli dvigatellarga, yonilgʻining alangalanishi boʻyicha uchqundan alangalanadigan karbyuratorli dvigatellarga va dvigatel silindrlarida yonilgʻi oʻz-oʻzidan alangalanadigan dizel dvigatellariga boʻlinadi. Karbyuratorli Avtomobil dvigatelida karbyuratorda tayyorlanadigan benzin bugʻlari bilan havo aralashmasidan iborat yonilgʻi aralashmasi silindrlarga uzatiladi. Dizel dvigatellarida silindrlarda qisilgan havoga yuqori bosimda dizel yonilgʻisi purkaladi. Zamonaviy Avtomobil dvigateli silindrlar bloki, krivoship-shatunli mexanizm, gaz taqsimlash mexanizmi, sovitish tizimi, moylash tizimi, taʼminlash tizimi (karbyuratorli dvigatelda yonuvchi aralashma tayyorlab, uni silindrlarga kiritadi, dizellarda esa silindr ichiga yonilgʻini purkaydi), oʻt oldirish tizimi (karbyuratorli dvigatelda)dan iborat. Zamonaviy yengil avtomobillarning dvigateli quvvati 15 — 310 kVt gacha, yuk avtomobillariniki 220 kVt gacha boʻladi. Bulardan tashqari rotorli-porshenli, gaz-turbinali dvigatellar ham ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: AVTOMOBIL DVIGATELI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVIATSIYA DVIGATELI
DVIGATEL
ALISHER NAVOIY
DIZEL YONILGʻISI
BENZIN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты