AGAVA

AGAVA (Agave) — chuchmomadoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Vatani — Oʻrta va Jan. Amerika. 300 dan ortik, turi Meksika va unga yondosh ulkalarda yovvoyi holda oʻsadi. Yevropa va Osiyoda (xususan, Oʻrta Osiyo, Qrim va Kavkazda) ham ekiladi. Poyasi qisqa, quyi qismida uzun va qalin (sukkulent) yopirma barglar joylashgan. Agava monokarp oʻsimlik, yaʼni butun hayoti davomida faqat bir marta (6 — 15 y. da, oranjereyalarda esa 20 — 30 y. dan keyin ) gullab, uzun (12m gacha) generativ poya chiqaradi, unda 17 mingga qadar gul boʻladi. Gullari urugʻlab boʻlgandan soʻng Agava quriydi. Agava asosan manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi.


Lotin alifbosida maqola: AGAVA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MEKSIKA
YER
XITOY
OSIYO
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты