AFV ETISH

AFV ETISH — sud hukmi bilan jazo tayinlangan biror shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish yoki unga berilgan jazoni yengillatish. Odatda, davlat boshligʻining qarori bilan amalga kiritiladi. OʻzRda sudning hukmi bilan jazo tayinlangan shaxslarni Prezident tomonidan Afv etish va gunohlaridan oʻtishni anglatadi (OʻzR Konstitutsiyasi, 93-modda, 20band). Afv etish OʻzR Prezidenti tasdiqlagan Nizomda nazarda tutilgan tartiblar va qoidalar asosida amalga oshiriladi. OʻzRda Afv etish masalasi odatda, hukmlangan fuqaroning Afv etishni soʻrab yozgan iltimosnomasiga asosan koʻrib chiqiladi. Iltimosnomadan tashqari: a) oʻlim jazosiga hukm qilingan, ammo Afv etishni soʻrab iltimosnoma yozgan mahkumlarga oid mavjud materiallar; b) OʻzR Oliy sudi Raisi va OʻzR Bosh prokurorining OʻzR sudlari tomonidan oʻlim jazosiga va b. jazo turlariga mahkum etilgan fuqarolarga nisbatan Afv etishni qoʻllashni soʻrab keltirgan taqdimnomalar ham koʻriladi. Sud hukmi bilan jazoga hukm etilganlarni Afv etish oʻlim jazosini ozodlikdan maxrum qilish jazosi bilan almashtirish; asosiy va qoʻshimcha jazolarni toʻla yoki qisman oʻtashdan ozod qilish; jazo oʻtalmagan qismini yengilroq turi bilan almashtirish va sudlanganlikni olib tashlash yuli bilan amalga oshiriladi. Afv etishni soʻrab qilingan iltimos-noma sud hukmi qonuniy kuchga kirgandan soʻng koʻrib chiqiladi. Afv etish masalasini kUrib chiqishda: sodir etilgan jinoyatning jamiyatga xavflilik darajasi va xususiyati, mahkumning shaxsini tavsiflovchi maʼlumotlar, uning xulqi, mehnatga munosabati, ozodlikdan maxrum etish jazosini utayotgan koloniyada jamoat ishlarida qatnashishi yoki qatnashmasligi, jazo muddatining qanchasi oʻtalganligi, keltirilgan moddiy zarar miqdori va b. holatlar; jazo oʻtayotgan koloniya maʼmuriyati, jamoat tashkilotlari va jamoalarning mahkumga nisbatan fikri; yetkazilgan moddiy zararni toʻlashdan ozod etishni soʻrab qilingan iltimosnoma boʻyicha moddiy zarar yetkazilgan tashkilot, tuman (shahar) hokimligining fikri; harbiy sudlar tomonidan hukm qilingan mahkumlarning iltimosnomalari boʻyicha OʻzR Mudofaa vazirligining fikri hisobga olinadi. Oʻlim jazosiga hukm etilganlar shu toʻgʻridagi hukm qonuniy kuchga kirganligi ularga eʼlon qilingan, hukmning yoki ajrimning nusxasi topshirilgan kundan boshlab 7 sutka ichida Afv etishni soʻrab iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqlidir. Agar oʻlim jazosiga hukmlangan shaxs belgilangan muddatda Afv etishni soʻrab iltimosnoma bilan murojaat qilmasa yoki shunday iltimosnoma qilishdan voz kechganini bil-dirsa, u holda belgilangan qoida asosida bu haqsa akt tuziladi. Iltimosnoma yoki akt iltimosnoma qabul qilingan yoki akt tuzilgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirilmay Prezident devoniga yuborilishi shart. Oʻlim jazosi tayinlangan shaxsning Afv etishni soʻrab bergan iltimosnomasi yoki uning Afv etishni soʻrab iltimos qilishdan voz kechganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar koʻrilib, hal qilingunga qadar oʻlim jazosi tayinlanganligi toʻgʻrisidagi hukm ijrosi toʻxtatib turiladi. Afv etish toʻgʻrisidagi iltimosnomalar va mate-riallar Prezident huzurida tuzilgan Komissiya tomonidan dastlabki tekshi rishdan va muhokamadan oʻtadi. Agar Komissiya Afv etish masalasini koʻrishda yigʻilgan hujjatlarni qoʻshimcha tekshirishdan oʻtkazishni lozim topsa, OʻzR Oliy sudi yoki OʻzR Prokuraturasiga oʻrganib chiqish va tegishli xulosa berish uchun yuboradi.


Lotin alifbosida maqola: AFV ETISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AXLOQ TUZATISH ISHLARI
AYB
AMIR TEMUR
BERUNIY
ADVOKAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты