BUZILMASLIK

BUZILMASLIK — biror texnik qurilma (mashina, uskuna va b.)ning maʼlum xizmat muddati davomida (mas, taʼmirlashgacha) ishga yarokliligini uzluksiz saqlash xossasi; ishonchlilik koʻrsatkichlaridan biri. Texnik qurilmaning ishga yaroqlilik va yaroqsizlik darajasiga bogʻliq. Ishga yaroqlilik — texnik qurilmaning oʻz v«azifasi»ni texnik shartlar koʻrsatkichlariga moye ravishda bajara oladigan holati. Ishga yaroqsizlik qurilmaning texnik shartlar koʻrsatkichlaridan birortasiga javob bermay, ishga yaroqliligini yoʻqotgan holati. Texnik qurilma ishga yarab, texnik shartlarning ikkinchi darajali talablariga javob bermaydigan holati kamchilik deyiladi. Texnik qurilma tiklanuvchi va tiklanmovchi boʻlishi mumkin. Ishlamay qolganda tuzatilib ishga yaroqliligi qayta tiklanadigan qurilma tiklanuvchi qurilma, ishlamay qolganda ishga yaroqliligini tiklab boʻlmaydigan qurilma tiklanmovchi qurilma deyiladi. Urtacha xizmat muddati va buzilmasdan ishlash ehtimoli har bir texnik qurilmaning asosiy Buzilmaslik koʻrsatkichi hisoblanadi. Texnik qurilma yoki uzelning buzilmasligi ularning detallari buzilmasligi orqali belgilanadi. Har bir detalning ishga yaroqliligi yoʻqolishi bilan qurilma (yoki uzel)ning ishga yaroqliligi ham yoʻqoladi.


Lotin alifbosida maqola: BUZILMASLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
XALQ IJODI
XITOY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты