ATROPIN (Atropinum) — mingdevona, bangidevoma, eshakmiya oʻsimliklaridan olinadigan alkaloid. Meʼda va oʻn ikki barmoq ichak yarasi, pilorospazm. xoletsistit, oʻt-tosh kasalligi, ichak va siydik yoʻllari spazmi, bronxiol astmaga, soʻlak, meʼda, bronxlar bezlari sekretsiyasi koʻpayganda, adashgan nerv qoʻzgʻaluvchanligi oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan bradikardiya, atrioventrikulyar blokadada atropin sulfat koʻrinishida ishlatiladi.