BOʻRON

BOʻRON — uzoq davom etadigan kuchli shamol. Odatda, siklonlarttt sovuq havo massasi egallagan qismlarida yoki antitsiklon chetlarida paydo boʻladi. Boʻron vaqtida qor koʻchib, uy va devorlar yonida qor uyumlari paydo boʻladi, t. y. va avtomobil yoʻllarini qor bosadi. Boʻron qumli choʻllarda qum koʻchishiga, dengizda suvning kuchli toʻlqinlanishiga sabab boʻladi. Boʻron vaqtida yer sirtida shamol tezligi 20 m/s dan 50 m/s gacha yetishi, ayrim paytlarda 100 m/s gacha borishi mumkin. Meteorologiyaaya dovul, poʻrtana va qasirgʻa atamalari ham Boʻronni anglatadi. Lekin bular shamolning tezligi, davom etish vaqti bilan bir-biridan farq qiladi. Bofort shkalasi boʻyicha Boʻron 6—12 ball bilan baholanadi.


Lotin alifbosida maqola: BOʻRON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ATMOSFERA
BOFORT SHKALASI
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BERUNIY
AVIATSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты