ALBIT (lot. albus — oq) — plagioklazlar guruhiga mansub jins hosil qiluvchi mineral. Kimyoviy formulasi — Na[AlSi3OJ. Qattiqligi 6—6,5. S. or. 2,6. Rangi oq, boʻz-sariq pushtiroq; kristall donalari mayda. Shishaga oʻxshash yaltiroq. Albit asosan ishqorli jinslar (ishqorli granit, ishqorli siyenit va b.) tarkibida boʻladi. RF (Kareliya, Kola ya. o., Ural), Ukraina (Ukraina qalqoni, Azov boʻyi)da keng tarqalgan. Keramika sanoatida xom ashyo sifatida ishlatiladi.