BOʻD

BOʻD (arab. — oraliq, masofa, chaqirim; koʻpligi abʼod) — bir yoki turli vaqtda eshitilayotgan ikki tovush, nagʻma, pardaning oʻzaro balandpastlik munosabatlari. Yevropa musiqasidagi interval tushunchasiga qisman moye. B. Oʻrta va Yaqin Sharq musiqa nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri boʻlib, dastlab Forobiy, keyinchalik Ibn Sino, Ibn Zayla, Zaynulobiddin, Urmaviy, Jomiy va b. olimlarning asarlarida mat. qoidalar asosida taʼriflangan. Boʻdlar ochiq (butun) torga nisbatan torning maʼlum boʻlagidan hosil etilgan va nisbiy sonlar bilan ifodalangan. Maye, ochiqtordagi tovush asosiy (mutlaq) parda deb faraz etilsa, torning 1/2 boʻlagida — zulkull (lot. oktava), 2/3 boʻlagida — zulxams ( kvinta), 3/4 boʻlagida — zularbaʼ (kvarta), 8/9 boʻlagida — taniniy (katta sekunda), 243/256 boʻlagida — baqiya (90 sentli kichik sekunda) kabi Boʻdlar hosil qilinadi. Nazariy jihatdan Boʻd larning soni chegaralanmagan boʻlsada, musiqa amaliyotida asosan 9 tasi qoʻllanilgan. Ular muloyim (yoqimli, lot. konsonans) va mutanofir (yoqimsiz, dissonans) turlarga ajratilgan. Muloyimlar — zulkull marratayn (kvintdetsima), zulkull valxame (duodetsima), zulkull valarbaʼ (undetsima), zulkull, zulxams, zularbaʼlar; qolganlari mutanofirdir.

Ad.: Abduraxman Djami , Traktat o muzыke (per. A. Boldыreva), T., 1960; Raj a b o v I., Maqomlar masalasiga doyr, T., 1963.


Lotin alifbosida maqola: BOʻD haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
TOSHKENT
YER
MUSIQA
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты