AKUSTIK SHOVQIN

AKUSTIK SHOVQIN — garmonik boʻlmagan tovush toʻlqinlari. Turmushda Akustik shovqin nutq va musiqani toʻgʻri eshitishga xalaqit beruvchi turli tovushlar shaklida uchraydi. Akustik shovqin kuyidagi turlarga ajraladi:

1) qattiq jismlar tebranishi natijasida vujudga keladigan mexanik shovqin;

2) harakatlanayotgan gaz, bugʻ yoki suyukliklarda uyurma oqimlar qatlamining turli tezlik bilan harakatlanishi tufayli hosil boʻladigan a er o yoki gidrodinamik shovqin;

3) gazlarning yonishi natijasida yuz beradigan uyurma oqim va zichlik oʻzgarishlaridan hamda portlash yoki razryad paytida qisqa vaqtda bosimning ortishi tufayli vujudga keladigan termik shovqin; 4) suyuqlikdagi pufakchalarning yorilishi natijasida hosil boʻladigan kavita-sion shovqin. Tutash spektrli shov-qin «oq shovqin» deyiladi. Akustik shovqinni nazariy oʻrganishda ehtimollik nazariyasiga asoslangan statistik fizika qonunlaridan foydalaniladi. Akustik shovqinni oʻrganishdan asosiy maqsad uning manbalarini aniqlab, odam organizmiga hamda baʼzi bir tizimlarga koʻrsatadigan salbiy taʼsirini kamaytirishdan iborat. Akustik shovqin xossalari turli analizatorlar yordamida aniqlanadi. Akustik Shovqinning eshitish aʼzolariga taʼsiri uning jadalligi va takroriyligiga bogʻliq. Uzoq vaqt taʼsir etuvchi Akustik shovqin kishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, charchashni kuchaytirib, ish qobiliyatini pasaytiradi. Jadalligi 80—90 db va tarkibida past takroriylikli tovushlardan tashqari ultratovush takroriylikli tovushlar boʻlgan Akustik shovqin taʼsirida kishining asabi buzilishi natijasida oshqozon va ichak yarasi, gipertoniya va b. kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Odatda, sanoat korxonalari va qurilish muassasalarida Akustik shovqinni kamaytirish choralari koʻriladi. Baʼzan, Akustik shovqindan xabarchi (signal) sifatida foydalaniladi. Mas, suv osti kemasining yaqinlashuvini undan tarqaladigan Akustik shovqindan sezish mumkin.


Lotin alifbosida maqola: AKUSTIK SHOVQIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AKUSTIKA
BERUNIY
ALISHER NAVOIY
ADABIYOT NAZARIYASI
ASTRONOMIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты