ALLERGEN

ALLERGEN — allergik reaksiyalarni keltirib chiqaruvchi modda. A. lar quyidagi guruhlarga boʻlinadi: noinfeksion Allergenlar — maishiy, epidermal Allergenlar, oʻsimlik gullarining changlari, oziq-ovqat, dori-darmonlar, turli xil kimyoviy moddalar. Infeksion Allergenlar — bakteriyalar, zamburugʻlar, viruslar va b. Maishiy Allergenlar — uy changi, par yostiq patlari, dafniya, kutubxona changlari. Epidermal Allergenlar — yovvoyi va uy hayvonlari (it, mushuk, ot, qoʻy va b.) juni, qazgʻogʻi. Dori A. lari: 0,9% li fiziologik eritma va glyukozadan tashqari deyarli hamma dorilar. Oʻsimlik gullarining changi 35 mkm dan kichik boʻlsa va oʻzida allergenlik xususiyatini namoyon etsa, shamolda uzoq masofaga ucha oladigan boʻlsa, allergik kasallik paydo qilishi mumkin. Bunday oʻsimliklarga ermon, burgon, makka, yalpiz va b. kiradi.

Oziq-ovqat Allergen lari: har xil oziqovqat mahsulotlari (sut, tuxum, asal, baliq, yongʻoq, mosh, noʻxat, sitrus mevalar, shokolad va b.). Kimyoviy Allergenlar — turli xil poroshoklar, pastalar, ursol (soch boʻyogʻi tarkibidagi modda), benzin, benzol va b.


Lotin alifbosida maqola: ALLERGEN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BAKTERIYALAR
Tushda mushuk ko`rsa nimani bildiradi.
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
Tushda tuxum ko`rsa nimani bildiradi
BALIQCHILIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты