ARCHAZOR

ARCHAZOR, archazor oʻrmonlar — asosan, archa daraxtidan tashkil topgan oʻrmonlar. Archazorlar 600 — 700 yil (ayrimlari 2000-y. gacha) yashaydi, togʻlarda suv toʻplash, tuproq eroziyasi oldini olish, sel toshqinlarini bartaraf etish kabi muhim vazifalarni bajaradi. Asosan Yer yuzining Shim. yarim sharidagi togʻli hududlarda — Oʻrta Amerika, Osiyo va Afrikada oʻsadi. Oʻrta Osiyo, Qrim, OltoySayan, Uzoq Sharqdagi togʻlarda 700 ming ga maydonni egallaydi, uning 665 ming ga dan koʻprogʻi (93,5%) Markaziy Osiyo davlatlarida joylashgan. Oʻzbekiston davlat oʻrmon fondi hisobida 190 ming ga Archazor bor (1999). Oʻzbekistonda asosan, Tyanshan, Turkiston, Chatqol, Hisor togʻlarida katta-katta Archazorlar mavjud. Ular si Irak va mahsuldorligi kam A. ga kiradi (qalinligi 0,3 — 0,5), ammo shunga qaramay juda katta tabiiy va iqgisodiy axamiyatga ega. Archazor 800 — 3100 m balandlikda togʻ yon bagʻirlarida joylashgan va uch mintaqaga boʻlinadi: togʻlarning pastki qismida (800—2000 m balandlikda) qora archa yoki Zarafshon archasi, oʻrta qismida (1400—2500 m) sovur archa, yuqori qismida (2500 — 3100 m) oʻrik archa yoki Turkiston archasi oʻsadi. Togʻlarning eng yuqori qismidagi archalar siyrak, boʻyi past, tanasi qiyshiq, sershox boʻlib, koʻpincha yer bagʻirlab oʻsadi. Eng yaxshi Archazor unumdor, sernam, tuproqli, yassi togʻ yon bagʻirlarida uchraydi va ularning yillik fitomahsuldorligi 220 t/ ga ni tashkil etadi. Ilgari Archazor muhofaza qilinmaganligi va ulardan qurilish materiali hamda oʻtin sifatida ayovsiz foydalanish natijasida Archazor maydonlari kamayib, archalari siyraklashib ketgan. 20-a. ning 50-y. laridan boshlab Oʻzbekistonda Alarni tabiiy ravishda qayta tiklash va ekma Archazorni barpo qilish ishlari boshlandi va Oʻrta Osiyo (hoz. Oʻzbekiston) Oʻrmonchilik i. t. in-tida uning ilmiy asoslari ishlab chiqildi (U. N. Nigʻmatov, Ye. V. Mixaylova, V. M. Saxaskiy, Yo. Yu. Musayev). Oʻrmonchilik xoʻjaliklari Archazorni qoʻriqlash, parvarishlash, tabiiy va sunʼiy yoʻllar orqali koʻpaytirish ishlari bilan shugʻullanadi (q. Oʻrmon xoʻjaligi).

Abduxalil Qayimov, Anvar Tagirov.


Lotin alifbosida maqola: ARCHAZOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
XITOY
YAPONIYA
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты