BARIY NITRAT

BARIY NITRAT, bariyli selitra, (BaNO3) 2 — nitrat kislotaning bariyli tuzi, kubik panjarali rangsiz kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 595°, zichligi 3240 kg/m3. Suvda eruvchanligi: 100 g da 5 g (0°da), 9,2 g (20° da), 34,2 g (100° da). Spirtda va konsentrlangan nitrat kislotada erimaydi. Ishqoriy metallar nitratlari, ammoniy nitrat va bariy bromid bilan evtektik aralashmalar, kobalt va stronsiy nitratlar bilan qattiq eritmalar hosil qiladi. 595° dan yuqori t-rada bariy nitritga aylanib, 670° atrofida bariy oksidgacha ajraladi. Tabiatda nitrobarit minerali holida uchraydi. Bariy nitrat bariy sulfid yoki bariy karbonatga nitrat kislota, shuningdek almashinish reaksiyalaridan foydalanib bariy xlorid, bariy gidroksid yoki bariy sulfidga kalsiy, ammoniy, kaliy yoki natriy nitratlar taʼsir ettirib olinadi. Bariy oksid va bariy peroksid olishda, emal va sirlarning komponenti sifatida hamda yashil bengal olovlari tayyorlashda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: BARIY NITRAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BARIY
BARIY OKSID
AZOT OKSIDLARI
ALYUMINIY
AGROKIMYOVIY TAHLIL


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты