BRAKONYERLIK

BRAKONYERLIK (frans. braconnier — it bilan ov qiluvchi) — ov, baliqchilik qoidalarini va hayvonot olamini muhofaza qilish haqidagi qonunchilikning boshqa talablarini buzgan holda yovvoyi hayvonlarni ovlash va qirish. Oʻzbekistonda OʻzR JK 202-moddasiga binoan, ovchilik, baliqchilik yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini ushlash qoidalarini buzish, noyob hayvonlarni tutishning belgilangan tartibi yoki shartlarini, shuningdek maxsus qoʻriqlanadigan tabiiy hududlardagi hayvonot olamidan foydalanish tartibini buzish ancha mikdorda zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha mikdorda jarima yoki 2 y. gacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha qamoq bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar hayvonlar, parrandalar, baliq, hayvonot dunyosining Qizil kitobga kiritilgan boshqa turlarini nobud qilish b-n; koʻp mikdorda zarar yetkazgan holda; bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 75 baravarigacha mikdorda jarima yoki 2 y. dan 3 y. gacha axloq tuzatish ishlari yoxud molmulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay 3 y. gacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Oʻsha qilmishlar, xavfli retsidivist tomonidan; shaxsning oʻz xizmat mavqeidan foydalanib; yer, suv yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan foydalanib; portlash qurilmalari, zaharli kimyoviy moddalar yoki boshqa yalpi qirib yuboradigan yoki nobud qiladigan usullarni qoʻllagan holda; uyushgan guruh tomonidan; juda koʻp mikdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan boʻlsa, eng kam oylik ish haqining 75 baravaridan 100 baravarigacha mikdorda jarima yoki molmulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay 3 y. dan 5 y. gacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Lotin alifbosida maqola: BRAKONYERLIK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TABIATNI MUHOFAZA QILISH
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
BAXTSIZ HODISA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты