ASHTARXON XONLIGI

ASHTARXON XONLIGI (Astraxon xonligi) — Oltin Oʻrdaning inqirozi natijasida vujudga kelgan davlat. Poytaxti — Ashtarxon sh. (hoz. Astraxon). 14-a. da Oltin Oʻrda amiri Hoji Cherkas Ashtarxon sh. ni bosib olib, uni alohida mulkka aylantirgan, taxm. 1459—60 y. larda esa bu mulk uzil-kesil mustaqil boʻlib olgan. Ashtarxon xonligining birinchi hukmdori — Katta Oʻrda xoni Ahmadning birodari Mahmud boʻlgan. Xonlikning taxm. hududi: sharqda Noʻgʻay Oʻrdagacha, jan. da Terek, gʻarbda Kuban va Don daryolarigacha, shim. da Saroy sh. gacha. Aholisi turkiyzabon qabilalardan iborat boʻlib, asosan koʻchmanchi chorvachilik, qisman baliq ovlash, ovchilik va dehqonchilik b-n shugʻullangan. Ashtarxon yaqinidan tuz qazib olingan. 1556-y. A. x. rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan.


Lotin alifbosida maqola: ASHTARXON XONLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты