APPARAT FUNKSIYASI

APPARAT FUNKSIYASI — oʻlchov asbobining unda oʻlchangan kattalikni oʻlchanguncha boʻlgan haqiqiy qiymati bilan bogʻlovchi xarakteristikam. Koʻp hollarda spektrofotometrlarning Apparat funksiyasini bilish talab qilinadi. Oʻlchov asbobining Apparat funksiyasi nazariy yoʻl bilan hisoblab topiladi. Mas, spektrometrning Apparat funksiyasi yoyuvchi element (prizma, difraksion panjara), kollimator koʻzgusi, tirqishning optik parametrlari yordamida hisoblanadi. Spektrometrning Apparat funksiyasi tajriba yoʻli bilan ham aniqlanishi mumkin. Bunda spektrometr kirish tirqishi v chastotali monoxromatik nur bilan yoritiladi va spektrometrda chastota oʻzgartirilganda shu chastota atrofidagi yorugʻlik oqimi taqsimoti oʻlchanadi, bu taqsimot asbobning Apparat funksiyasiga mos keladi.

Tasvir hosil qiluvchi optik asboblar (fotoapparat, teleskop, mikroskop va b.) ning Apparat funksiyasi asbob hosil qilayotgan cheksiz kichik nurlanuvchi nuqtaning tasviridagi yoritilganlik taqsimotini koʻrsatadi. Ideal optik asbob nuqtaviy yoritqich tasvirini nuqta shaklida hosil qiladi va uning Apparat funksiyasi nuqtadan tashqarida nolga teng boʻladi. Real optik asboblarda nuqtaviy yoritqich tasviri yorugʻ dogʻ shakliga ega boʻladi va asbobning Apparat funksiyasi nuqta atrofida nolga teng emas. Asbobning Apparat funksiyasi uning ajrata olish qobiliyatini ham belgilaydi.


Lotin alifbosida maqola: APPARAT FUNKSIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Bojalar guruhi - Topiladi
ASTRONOMIYA
BERUNIY
ALISHER NAVOIY
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты