ABDULLAYEV Muhammadqodir Muhammadyoqubovich (1973.15.11, Andijon) — bokschi, 63,5 kg vaznda Olimpiada va jahon chempioni. Oʻzbekiston chempioni (1993, 1996—98), xalqaro toifadagi sport ustasi (1998). Andijon davlat unti talabasi (2000). Abdullayev bir necha xalqaro turnirlarning gʻolibi (1994, Turkiya; 1997, Eron; 1999, Fransiya). Markaziy Osiyo oʻyinlarida 1995-y. — 2 oʻrin, 1997-y. — 1-oʻrin, 13-Osiyo oʻyinlari (Tailand, 1998)da 1-oʻrin; Osiyoning 2 karra chempioni (1997, 1999). 1999-y. AQSHning Xyuston sh. da oʻtkaziltan jahon chempionatining, 2000 yil Sidneyda oʻtkazilgan 27-yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medali bilan taqdirlangan. Qirol kubogi (1998, Tailand) hamda Jahon kubogi (1998, Xitoy) musobaqalarida eng yaxshi bokschi deb tan olingan.
«Shuhrat» medali (1995), «El-yurt hurmati» ordeni (1999) bilan mukofotlangan.