ATSETILEN

ATSETILEN, etin, S2N2 — uch bogʻli toʻyinmagan uglevodorodlarning eng oddiy vakili. Mol. m. 26,04. Rangsiz gaz. Suyuqlanish t-rasi — 81° (1277 mm sim. ust. da). Qaynash t-rasi — 83,8°. Toza Asetilen xidsiz. Asetilen yuqori bosim ostida qizdirilsa portlaydi, havo bilan aralashmasi ham portlashi mumkin. Asetilen kalsiy karbidga suv taʼsir ettirib olinadi. U yuqori t-rada chala oksidlab va elektr kreking yordamida metandan (tabiiy gazdan) ham hosil qilinadi. Asetilen kimyoviy reaksiyalarga juda yaxshi kirishadi. U birikish reaksiyasiga kirishganda, reaksiya ikki bosqichda boradi, birinchi bosqichda etilen qatoriga kiruvchi birikmalar hosil boʻlib, ikkinchi bosqichda bular toʻyingan birikmalarga aylanadi. Ani xlorlash reaksiyasidan foydalanib, sanoatda koʻp ishlatiladigan geksaxloretan va trixloretilen kabi muhim birikmalar olinadi. Asetilenga simob tuzlari ishtirokida suv molekulasining birikishi (q. Kucherov reaksiyasi) natijasida atsetaldegid hosil boʻladi yoki Asetilen katalizator ishtirokida polimerlansa, kauchuk i. ch. da xom ashyo vazifasini oʻtaydigan vinilatsetilen olinadi. Asetilen toʻyinmagan birikma boʻlishiga qaramay, oʻrin almashinish reaksiyalariga ham kirishishi mumkin. Asetilen 1836-y. da kashf qilingan. Uni ilk bor 1862 i. fransuz kimyogari M. Bertlo kumir va vodoroddan sintez qilgan. Nemis kimyogari F. Vyoler 1862-y. da Ani kalsiy karbiddan kuyidagi reaksiyaga asosan olish mumkinligini koʻrsatib berdi. Bu usul hozir ham texnik usullardan biri sifatida oʻz ahamiyatini saqlab qolgan. Sanoatda Asetilen olishning muhim usuli tabiiy gazlarni termik krekinglashdir. Uni elektrokreking usuli bilan metanni volta yoyi orqali (1600° da) utkazib olish ham mumkin. Asetilen yonishidan koʻp miqdorda issiqlik ajralib chiqqanligi uchun metallarni payvandlashda va har xil mahsulotlarni sintez qilishda ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: ATSETILEN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
KALSIY
FRANSIYA
XITOY
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты