BULUT

BULUT — havodagi suv bugʻlarining kondensatsiyalanish (sublimatsiya) mahsuli boʻlgan suv tomchilari yoki muz kristallari (yokn har ikkalasining aralashmasi)dan tashkil topgan, atmosfera (yer yuzasidan tashqari) da vujudga keladigan muallaq tizim. Kondensatsiya nam havo t-rasining shudring nuqtasi (berilgan namlik miqdori va bosim oʻzgarmas saqlanganda havoning suv bugʻiga toʻyingan vaqgdagi t-rasi) gacha sovishi natijasida paydo boʻladi. Hajm birligidagi havo massasi traga bogʻliq holda aniq maksimal miqdordagi suv bugʻini oʻziga singdira oladi. Maye, normal atmosfera bosimida 1 m3 havo 0° da 5 g, 10°da —9,5 g, 30°da esa 30 g suv bugʻini oʻziga singdira oladi, ortiqchasi suv tomchilariga aylanadi. Bulutning vujudga kelishida havodagi hoʻllanadigan muallaq qattiq (kristall) va suyuq zarralar katta ahamiyatga ega; ularning radiusi 10~5—10~3 sm atrofida. Bularda suv bugʻining kondensatsiyalanishi oʻta toʻyinishdan ancha oldin, yaʼni nisbiy namlik 100% atrofida boʻlganda yoki undan ham kamda boshlanadi. Bu zarralar maʼlum fizik jarayonlar natijasida osmonga koʻtarilgan yoqilgʻining yonish mahsulotlari, dengiz tuzlarining mayda zarralari, kvars changlari va b. boʻlib, kondensatsiya yadrosi deb yuritiladi. Ularning miqdori atmosferada bulut hosil boʻlishi uchun yetarli darajada mavjud. Suv tomchilaridan tashkil topgan Bulutda tomchilar radiusi har xil boʻlib, koʻpchilik hollarda 4 dan 25 mkm ga toʻgʻri keladi, muz kristallari koʻproq olti qirrali ustun yoki prizma shaklida boʻladi. Baʼzi sharoitlarda ular kattalashib, yomgʻir, qor, doʻl, jala va h. k. tarzida yogʻadi. Bulutning suvliligi (g/m3) boʻlajak yogʻingarchilik miqdorini aniqlashda muhim axamiyatga ega. Issiq nam havo massalarida vujudga keluvchi Bulutda suvlilik darajasi sovuq havodagi Bulutga nisbatan ancha koʻp boʻladi.

Bulut tashqi koʻrinishiga koʻra, asosan, uchga boʻlinadi; a) patsimon (Cirrus); b) toʻptoʻp (Cumulus); v) qatlamli (Stratus). Patsimon Bulut oq rangln, yupqa, mayin boʻlib, yuqori balandliklarda vujudga keladi. Toʻptoʻp Bulut minora yoki gulkaram shaklida, asosi yassi boʻladi. Qatlamli Bulut yetarlicha bir jinsli, kulrang, aniq shaklga ega emas, osmonning koʻz ilgʻaydigan butun qismini qoplab turadi.

Bulut qanday balandliklarda paydo boʻlishiga qarab ham turlarga ajratiladi: a) 2000 m dan pastda quyi qatl a m B. ; b) 2000 m bilan 6000 m oraliqda oʻrta qatlam B. ; v) 6000 m dan balanddayuqori qatlam B. Bu B. lar, asosan, atmosferaning quyi troposfera qatlamida kuzatiladi. Ular asosida xalqaro tasnif boʻyicha Bulutlar 10 ta asosiy koʻrinishga ajratilgan: patsimon Bulut ; patsimon tuptup Bulut ; patsimonqatlamli Bulut ; yuqori — toʻptoʻp Bulut ; yuqoriqatlamli Bulut ; qatlamli — toʻptoʻp Bulut ; qatlamli Bulut, qatlamliyomgʻirli Bulut ; toʻptoʻp Bulut ; tuptup—yomgʻirli Bulut

Paydo boʻlish jarayoniga koʻra B. konvektiv, orografik va frontal turlarga boʻlinadi.

Konvektiv Bulut toʻptoʻp holda kuzatiladi. Quyosh nuri yer sirtini relyefi turlitumanligi va orografiya tufayli har xil qizdiradi, natijada iliq havo yuqoriga koʻtariladi, atrofdagi kamroq qizigan joylardagi salqinroq havo uning oʻrnini egallaydi, salqinroq havo oʻrnini esa yuqoridan pastga yoʻnalgan havo egallay boshlaydi, natijada yuqoriga va pastga yoʻnalgan oqim vujudga keladi. Shunday qilib, yuqoriga koʻtariluvchi kuchli vertikal oqimlarda toʻptoʻp Bulut hosil boʻladi.

Orografik Bulut togʻli joylar old qismida havoning gorizontal oqimi buzilishi natijasida yuqoriga yoʻnalgan toʻlqinli oqimlarda vujudga keladi. Togʻning orqa qismida shu oqimlar pastga tushayotganida havo isib Bulut parchalana boshlaydi va u yasmiqsimon shaklga kiradi. Togʻlarning kungay tomonidagi havo koʻproq isindi, natijada uning harakati tezlashib, koʻtarila boshlashi tufayli toʻptoʻp Bulut vujudga kelib, ayrim hollarda yomgʻir yogʻadi.

Frontal Bulut jumlasiga qatlamli va qatlamliyomgʻirli Bulut kiradi. Iliq havo tomoniga siljiydigan iliq va salqin havo massalari oraligʻida vujudga keluvchi atmosfera frontlarida iliq havo qiya frontal zona boʻylab yuqoriga koʻtarnlishi tufayli katta maydonlarda butun osmonni qoplagan salqin frontlarga xos Bulut hosil boʻladi. Shuningdek, siklonning iliq va salqin frontlarida ham ularga xos Bulut mavjud.

Bulut fazaviy holati boʻyicha 3 xil boʻladi: suv tomchilaridan tashkil topgan suvli Bulut, muz zarralaridan iborat muzli Bulut hamda suv tomchilari va muz zarralaridan hosil boʻlgan aralash B. Tra noldan past boʻlganda ham suv tomchilaridan tashkil topgan Bulut uchraydi. Bunday Bulutda suv tomchilari uta sovigan holatda boʻladi. Yogʻinlar koʻproq aralash Bulutdan yogʻadi. Yuqori troposferada, baʼzida tropopauza balandligida oʻta yupqa patsimon Bulut uchraydi; ular asosan oʻrta kengliklarda 6—8 km balandlikda, tropiklarda —6 dan 18 km gacha, qutbda 3—8 km balandlikda yotadi. Yuqori (20—30 km) qatlamda esa tovlanuvchi Bulut va, nihoyat, mezosferaning yuqori qismi va ionosferaning pastki qismida —75 dan 90 km gacha qatlamda kumushsimon Bulut kuzatiladi. Bulut obhavo va iklim oʻzgarishlariga katta taʼsir koʻrsatadi. Bulutning fazaviy holati va tuzilishini sunʼiy ravishda oʻzgartirib, undagi baʼzi jarayonlarni rostlab turish mumkin. Bulutga fizikkimyoviy taʼsir koʻrsatish yoʻli bilan qoʻshimcha yogʻin yogʻdirish, doʻl yogʻishiiing oldini olish, past Bulut va tumanlarni tarqatib yuborish mumkin.

Yoʻldosh Togʻaymurodov.


Lotin alifbosida maqola: BULUT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ATMOSFERA
BERUNIY
BUYUK BRITANIYA
AMUDARYO
Tushda bulut korsa nimani bildiradi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты