ABASHIDZE Grigol Grigoryevich

ABASHIDZE Grigol Grigoryevich (1914.19.7, Chiatura – 1994) – gruzin yozuvchisi. Gruziya FA akad. (1979). Dastlabki sheʼrlari 1938-y. da matbuotda eʼlon qilingan. Ilk poemasi «Qora shaharda bahor» 1938 y, nashr etilgan. «Dushmanlar» (1941), «Georgiy Oltinchi» (1942), «Bayroqlar» (1943), «Yengilmas Kavkaz» (1943) poemasi va b. asarlari 2-jahon urushi haqida. Abashidze «Birinchi tbilisiliklar haqida afsona» (1959), «Uch davrga sayohat» (1961) poemalari, «Oltin uzumzor» (1969) tuplamiga kirgan sheʼrlari zamonavii mavzuda. «Lasharela» (1957), «Uzoq tun» (1963), «Karnali» (1969) tarixiy romanlarida Gruziyaning 13-a. dagi hayoti aks etgan. A. Gruziya Davlat gimni hammualliflaridan.


Lotin alifbosida maqola: ABASHIDZE Grigol Grigoryevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



GRUZIYA
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
FRANSIYA
ROSSIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты