ASALARI

ASALARI, bolari (Apis mellifera L.) — arilar oilasining bir turi. Asalari vatani Jan. Osiyo hisoblanadi. Hoz. davrda jan. kengliklardan Chekka Shimolgacha tarkalgan. Asalarilar, asosan, oila boʻlib yashaydi. Bir oila bir ona (xalq tilida «podshosi» deb ham yuritiladi), bir necha ming ishchi va bir necha yuz erkak Asalaridan iborat. Ona Asalari tanasi uz. 20 — 25 mm, vazni 200 — 250 mg, bahordan kuzga kadar tuxum qoʻyish va oilani boshqarish vazifasini bajaradi. Qanoti tanasining yarmini qoplaydi, nektar, gul changini yigʻuvchi apparatining yukligi bilan farq qiladi. Ona Asalarining jinsiy aʼzolari rivojlangan. 5 yilgacha yashaydi (tajribali asalarichilar ona Ani har ikki yilda yangilab turadilar). Bir sutkada 2 — 2,5 mingtagacha tuxum qoʻyadi. Otalangan tuxumlardan 21 kunda ishchi Asalari, otalanmagan tuxumlardan 24 kunda erkak Asalari chiqadi. Agar lichinkalarni ishchi Asalarilar asalari suti bilan oziqlantirib tursa 16 kunda ona Asalari chiqadi. Tuxumdan chiqqan ona Asalari 7 — 8 kunda jinsiy balogʻatta yetadi. Erkak Asalari tanasi uz. 15 — 17 mm, vazni 200 mg, qorin qismi toʻmtoq boʻlib, oldingi qanotlari uzun, gul changi va nektar yiguvchi apparati, nayzasi yoʻq, koʻkragi keng, xartumi qisqa. Bir oilada 80 — 100 tagacha erkak Asalari boʻladi. Asosiy vazifasi ona Asalarini urugʻlantirish (asosan, havoda juftlashadi, urugʻlantirganidan keyin halok boʻladi). Ular uyada faqat yozda boʻladi, kuzda oilada urchish ishlari toʻxtashi bilan ularni ishchi Asalarilar uyadan quvib chiqaradi. Ishchi Asalari tanasi uz. 11 — 15 mm, vazni oʻrtacha 100 mg, jinsiy aʼzolari rivojlanmagan, urgochi asalarilar boʻlib, yozda 35 — 40 kun, qishda 3 oy yashaydi. Bir oilada yozda 60 — 80 ming, qishda 10—15 ming ishchi Asalari boʻladi, soatiga 60 km tezlikda ucha oladi, oiladan 2 — 3 km va undan ortiq masofaga uchib borib, nektar va gul changini yigʻish, nektarni asalga aylantirish, mum ishlash, lichinkalarni boqish, katak qurish, uyani qoʻriqlash kabi ishlarni bajaradi. A qadimdan qimmatbaho mahsulotlar boʻlgan asal, propolis, mum, ona asalari suti, asalari zahari va b. ni olish, shuningdek q. x. ekinlarini mevali bogʻlarni changlatish uchun boqiladi (q. Asalarichilik). A. oilasi bir mavsumda 140 — 150 kg asal toʻplaydi, bundan 100 kg Asalari taʼminotiga sarflansa, 40 — 50 kg asal ajratib olinadi. Asalari oila aʼzolarining xizmat faoliyati oʻzaro bogʻliq boʻlganidan ularning birortasi ham oʻzicha mustaqil hayot kechira olmaydi.

Zotlari: Oʻrta Rossiya oʻrmon (qoramtir) Asalari zoti (A.m. millifera) — eng koʻp tarqalgan zotlarga kiradi. Arilari yirik, asaldorligi yuqori, sovuqqa chidamli, har bir oiladan 100 kg gacha asal olish mumkin. Kavkaz (Gruziya) togʻqoʻngʻir Asalari zoti (A. m. cavcasica) — asosan, Zakavkazye, Oʻrta Osiyoda tarkalgan. Karpat Asalari zoti — Gʻarbiy Ukrainaning togʻli r-nlari va Karpat ortida koʻp uchraydi. Rangi qoramtir, tabiati yumshoq, xartumi uzun. Italiya sariq A. zoti (A.m. ligustuca)ning kelib chiqishi Italiya hisoblanib, Kanada, AQSH, Avstraliya va Yangi Zelandiyada tarqalgan. Keyinchalik Finlyandiya, Yaponiya, Xitoy va Hindistonga ham keltirilgan. 1964 — 70 y. larda Oʻzbekistonga keltirib sinalgan. Paxta ekiladigan yerlarda yuqori mahsuldorlikka erishildi. Uzoq Sharq A. zoti — Uzoq Sharq (Primorye, Xabarovsk)da koʻp tarqalgan. Zot Ukraina, Oʻrta Rossiya, Italiya va Kavkaz Asalari lari ishtirokida yetishtirilgan, mahsuldorligi oʻrtacha. Kraina kulrang Asalari zoti (A.m. carnica) — Yugoslaviya, Avstriya togʻlarida keng tarqalgan. Tashqi koʻrinishdan Kavkaz togʻ-qoʻngʻir Asalari siga oʻxshaydi, mahsuldorligi oʻrtacha.

Oʻzbekiston chorvachilik i. t. institutida Asalarilar boʻyicha i. t. ishlari olib boriladi.

Ibrohim Joʻrayev.


Lotin alifbosida maqola: ASALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda jinsiy aloqa korsa nima buladi
ALISHER NAVOIY
ASALSHIRALI OʻSIMLIKLAR
ASALARISIMONLAR
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты