BURCHAK

BURCHAK — bir nuqtadan chiqqan ikki nur (yarim toʻgʻri chiziq)dan tashkil topgan shakl. Nurlar Burchak tomonlari, ular chiqadigan nuqta B. uchi deb ataladi. Uchidagi harf yordamida Burchak /LA shaklida, uchi va tomonlarida yotgan nuqtalar yordamida . VAS shaklida belgilanadi. Burchak tomonlari orqali tekislik oʻtkazilsa, u tekislikni ikki qismga ajratadi. Agar Burchak tomonlaridan nurlarni Burchak uchidan qarshi tomonga davom ettirganda u tekislikning qaysi qismini kesmasa, shu qism Burchakning ichki tomoni deb ataladi. Tomonlari bir toʻgʻri chiziqni tashkil qilgan Burchak yoyiq, uning yarmi esa toʻgʻri Burchak deb ataladi. Toʻgʻri Burchakdan kichik Burchaklar oʻtkir. kattalari oʻtmas Burchak deyiladi. Bir tomoni umumiy, qolgan ikki tomoni bir toʻgʻri chiziqni tashkil qiluvchi Burchak qoʻshni Burchaklar, ikki toʻgʻri chiziqning kesishishidan hosil boʻlgan Burchaklar vertikal B. lar deb ataladi. Tekislikdagi Burchakning ichki qismi gradus yoki radian (=57°)larda oʻlchanadi. Maye, yoyiq B. 180° yoki p, toʻgʻri B. 90° yoki p/2 ga teng boʻladi.

Burchakni teng ikkiga boʻluvchi nur uning bissektris a s i deyiladi. Ikki toʻgʻri chiziqni uchinchi toʻgʻri chiziq kesib oʻtganda hosil boʻlgan B. lar quyidagicha ataladi (rasm): / bilan 5; 2 bilan b; J6H 7; 4 bilan 8 B. lar moye B. lar; 3 bilan 6; 4 bilan 5 B. lar ichki almashinuvchi; / bilan 8; 2 bilan 7 B. lar tashki almashinuvchi B. lar; 3 bilan 5; 4 bilan 6 B. lar ichki bir tomonli; 1 bilan 7; 2 b-n 8 tashqi bir tomonli B. lar.


Lotin alifbosida maqola: BURCHAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
AMIR TEMUR
ALISHER NAVOIY
BUYUK BRITANIYA
Bojalar guruhi - Yarim baxt


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты