ADSORBSIYA

ADSORBSIYA — qattiq yoki suyuq moddalar (adsorbentlar) sirtiga suyuq yoki gaz holidagi modda (adsorbat)larning konsentrlanishi (yutilishi). Adsorbsiya adsorbent sirtidagi molekulalararo kuch taʼsirida sodir boʻladi. Adsorbat molekulalari adsorbent sirtiga yaqinlashib, unga tortiladi va adsorbatning bir (mono-), ikki (bi-) va h. k. koʻp (poli-) molekulali adsorbsion qavati hosil boʻladi. Adsorbatning adsorbsion qavatdagi konsentratsiyasi maʼlum darajaga yetganidan keyin desorbsiya boshlanadi. Yutilgan modda adsorbsion qavatda oʻz xususiyatini saqlab qolsa, fizik Adsorbsiya, oʻzgarsa, yaʼni adsorbent bilan kimyoviy biriksa, kimyoviy Adsorbsiya deyiladi. Fizik Adsorbsiya t-ra, bosim, konsentratsiyaga, adsorbent va adsorbatning tabiatiga, shuningdek, adsorbent tuzilishiga ham bogʻliq. Adsorbsiya hodisasi tabiatda keng tarqalgan. Yerga solingan oʻgʻit, avvalo tuproqqa Adsorbsiya lanadi. Oʻsimlik tuproqdagi ozuqani ildizi orqali Adsorbsiya jarayoni asosida oʻzlashtiradi. Adsorbsiya gaz va suyuq aralash-malarni ajratishda (q. Xromatografiya), biologik jarayonda, havoni iflos gazlardan tozalashda, eritmalarni har xil qoʻshilmalardan holi qilishda, ulardan erigan moddalarni ajratib olishda Adsorbsiyadan keng foydalaniladi.


Lotin alifbosida maqola: ADSORBSIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
XITOY
ROSSIYA
MINERAL
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты