AZEOTROP ARALASHMALAR

AZEOTROP ARALASHMALAR — haydalganda ajralmaydigan va tarkibi oʻzgarmaydigan eritmalar. A. a. ning mavjudligini ilk bor 1810-y. da ingliz kimyogari va fizigi J. Dalton aniqlagan. Baʼzi Azeotrop aralashmalar tarkibidagi alohida komponentlarga qaraganda ancha yuqori t-rada, baʼzilari esa pastroq t-rada qaynaydi. Mac, 95,57% etil spirti (78,5° da qaynaydi) va 4,43% suvdan (100° da qaynaydi) iborat aralashma 78,15° da qaynaydigan Azeotrop aralashmalar hosil qiladi. Aksincha tarkibida 69,2% nitrat kislota (84° da qaynaydi) va 30,8% suv boʻlgan Azeotrop aralashmalar esa 121,8° da qaynaydi. Uch va undan ortiq mod-dalar aralashmasi ham Azeotrop aralashmalar boʻlishi mumkin. Tashqi bosim oʻzgarishi b-n A. a. ning qaynash t-rasi, tarkibi oʻzgaradi, shundan foydalanib, Azeotrop aralashmalar tarkibiy qismlarga kimyoviy yoʻl bilan turli bosim ostida haydab ajrati-ladi.


Lotin alifbosida maqola: AZEOTROP ARALASHMALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BERUNIY
ALISHER NAVOIY
AMUDARYO
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты