AYLANMA VOSITALAR

AYLANMA VOSITALAR (mablagʻlar) — korxona (xoʻjalik)ning xoʻjalik faoliyatini moliyalash uchun foydalanadigan pul mablagʻlari; A. v. aylanma i. ch. fondlari va muomala fondlaridan tashkil topadi. Aylanma i. ch. fondlari i. ch. jarayonida bir marta ishtirok etadi, har bir i. ch. davrida butunlay isteʼmol qilinadi, oʻz natural shaklini oʻzgartiradi, uning qiymati yetishtirilayotgan mahsulotga toʻliq oʻtadi va mahsulot sotilishi bilan pulga aylanadi (xom ashyo, materiallar, kelgusi davr xarajatlari, arzon baho anjomlar va b.).

Muomala fondlari — mahsulotning korxonadan chiqib to sotilishiga qadar muomala jarayonida band boʻlgan vositalar (sotuvga chiqariladigan tayyor mahsulot qiymati, kassadagi naqd pul mablagʻlari va bankdagi hisobvaraqsa turgan mablagʻlar). Aylanma fondlarning muomala fondlari bilan birikishi iqtisodiy jihatdan asosli boʻlib, mablagʻlarning muomala va i. ch. sohalarida taqsimlanishini nazorat etishga imkon beradi.

Aylanma vositalar hosil boʻlish manbalariga koʻra korxonaning oʻz Aylanma vositalarga va qarzga olingan (jalb qilingan) Aylanma vositalarga boʻlinadi. Korxonaning oʻz Aylanma vositalar yillik moliya rejasiga muvofiq i. ch. zaxiralari, tugallanmagan i. ch., tayyor mahsulot zaxiralari barpo etish uchun zarur boʻlgan minimal ehtiyojlar asosida belgilanadi. Korxona oʻz Aylanma vositalar ining rejasidagi summasi normativ deb ataladi. Katta daromad oladigan korxonalar katta miqdorda oʻz Aylanma vositalar fondini barpo etadi. Qarzga olingan Aylanma vositalar mablagʻlarga boʻlgan vaqtinchalik ehtiyojlarni qondirishga moʻljallanadi. Bankdan kredit olish va passivlarning ayrim turlari (kreditorlik qarzdorligi va b.) dan foydalanish hisobiga hosil qilinadi. Aylanma vositalardan samarali foydalanganlikning muhim koʻrsatkichi — ularning aylanuvchanligi, yaʼni Aylanma vositalarning aylanish soni va bir aylanishning kun hisobidagi davridir. Aylanish soni mahsulotni sotishdan olingan yillik tushumni Aylanma vositalarning oʻrtacha yillik qiymatiga boʻlish yoʻli bilan topiladi.

Aylanma vositalarning aylanuvchanligini tezlashtirish xalq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega. Chunki bu holda Aylanma vositalarga boʻlgan ehtiyoj kamayadi, pul va moddiy resurslardan samarali foydalaniladi.

Ahmadjon Oʻlmasov.


Lotin alifbosida maqola: AYLANMA VOSITALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
AMIR TEMUR
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BERUNIY
ASOSIY FONDLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты