AUKSANOMETR

AUKSANOMETR (yun. auxsan – oʻsaman va metreo) — oʻsimliklarning boʻyiga oʻsishini oʻlchaydigan asbob. Tuzilishiga koʻra bir necha xilga boʻlinadi. Eng oddiy Auksanometr darajalarga boʻlingan yoy boʻyicha harakatlanuvchi uzun, yengil mil mahkamlangan gorizontal oʻq va yukchali ip oʻtkazilgan gʻildirakdan iborat.

Ipning bir uchi oʻsimlikka bogʻlab qoʻyiladi, oʻsimlik oʻsganda mil buriladi va milning harakati shkala boʻyicha hisoblanadi. Gʻildirakka mil oʻrniga koʻzgu mahkamlanishi ham mumkin. Avtomatik yozib oladigan moslamali Auksanometrga auksanograf deyiladi. Oʻsimliklarning oʻsishini qayd qilishda sekinlashtirib kinoga olish eng qulay usul hisoblanadi.


Lotin alifbosida maqola: AUKSANOMETR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
Yulduz Usmonova - Qora ko’zim
ANTENNA
BERUNIY
AFGʻONISTON


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты