AKBAROV Ilyos Akbarovich

AKBAROV Ilyos Akbarovich (1909.5.5, Toshkent) — oʻzbek musiqashunosi. Birinchi oʻzbek musiqa folklorshunoslaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1956). Sanʼatshunoslik in-tida ilmiy xodim (1932—39), direktor (1943—48), «Oʻzdavnashr»da musiqa boʻlimining mudiri (1934—40), Toshkent musiqa bilim yurti (1930—42), Toshkent davlat konservatoriyasi (1943-y. dan)da oʻqituvchi, musiqa nazariyasi kafedrasi mudiri (1963—90), prof. (1979-y. dan). Fargʻona vodiysi va Xorazm viloyatlarida oʻzbek va uygur xalq kuylarini toʻplab, ayrimlarini nashr ettirgan: «Oʻzbek ashulalari» (M., 1934, H. Muhamedova b-n hamkorlikda), «30 ashula» (M., 1935), «Oʻzbek xalq qoʻshiklari» (T., 1939), «Muqimiy va Furqat ashulalari» (T., 1959) va b. Ilk oʻzbek bolalar qoʻshiklari («Biz kuylaymiz», T., 1939), «Musiqa lugʻati» (T., 1987, 2-nashri —1997), darslik va uslubiy qoʻllanmalar muallifi. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (2000).


Lotin alifbosida maqola: AKBAROV Ilyos Akbarovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XORAZM VILOYATI
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
RAJABIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты