BUXORO JAYRAN EKOLOGIK MARKAZI

BUXORO «JAYRAN» EKOLOGIK MARKAZI — Buxoro viloyatida Kogon sh. dan jan. dagi Momojurgoti platosi etagida joylashgan. Oʻrta Osiyoda noyob choʻl hayvon turlarini koʻpaytirish va reintroduksiyalashga ixtisoslashgan ilmiyi. ch. markazi. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tarkibiga kiradi. 1976-y. da tashkil etilgan. Mayd. 5145 ga. 1977-y. dan pitomnikka 42 bosh jayran (qoraquyruq) keltirilib, ularni koʻpaytirish ishlari boshlandi (1987-y. da ularning soni 1200 taga yetdi va reja asosida qoʻshni va b. hududlarga 600 boshdan koʻproq jayranni tabiatga erkin qoʻyib yuborish imkonini berdi). Markazda 800 boshdan ziyod jayran bor (2001). Bu yerda jayran sonini tiklash bilan birga yoʻrgʻa tuvaloq, kulon, qoplon, buxoro bugʻusi (xongul), Prjevalskiy oti kabi xalqaro va OʻzR «Qizil kitob»lariga kiritilgan nodir turlarni ham koʻpaytirish, oʻrganish, muhofaza qilish ishlari olib boriladi. Tadqiqotlar olib borish uchun 4 volyer majmui qurilgan. Markaz hududida tabiiy sharoitda boshqa nodir turlar — boʻz echkemar, olakoʻzan, yoʻrgʻa tuvaloq, marmar oʻrdaklar uya qurib bolalaydi, bahor va kuzda birqozon, oqqushlar, qizilgʻozlar va koʻp yirtqich qushlar uchraydi. Oʻsimliklardan shuvoqzorlar, saksavulzorlar, qandimzorlar bilan qoplangan kumloq, gilli va gipsli choʻl maydonlari mavjud. Markaz jan. da sunʼiy koʻllar bor. Ular tuyoqli hayvonlarning suv ichish joyi boʻlib, juda koʻp suv qushlarini ham jalb qiladi. Markaz atrofi yirtqichlarning ichkariga oʻtishiga toʻsik boʻladigan 2 m balandlikda simtoʻr bilan oʻralgan.


Lotin alifbosida maqola: BUXORO JAYRAN EKOLOGIK MARKAZI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
XITOY
TABIATNI MUHOFAZA QILISH
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты