AFGʻONISTON

AFGʻONISTON, Afgʻoniston Islom Davlati — jan.-gʻarbiy Osiyoning eng chekka sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Geografik oʻrniga binoan Oʻrta Sharq mamlakatlari qatoriga ham kiritiladi. Mayd. 652,2 ming km2. Aholisi 25 mln. 782 ming kishi (2000). Poytaxti — Kobul sh. Afgʻoniston maʼmuriyhududiy tuzilishiga koʻra 31 viloyatga boʻlinadi. Eron, Pokiston, Xitoy, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston bilan chegaradosh. Afgʻoniston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegaraning uzunligi — 137 km.

Tabiati. Afgʻoniston hududining 4/5 qismini togʻlar va yassitogʻliklar egallagan. Shim.-gʻarbida Paropamiz, Safedkoʻh, Bandi Turkiston, shim.-sharqida Hindikush togʻi tizmalari asosan kenglik boʻylab yoʻnalgan. Markazining asosiy qismini Hazorajat va GʻazniQandahor yassitogʻliklari egallagan boʻlib, ularga gʻarb. va jan. tomonlardan boshqa togʻliklarning tizmalari qoʻshilib ketgan (Bandi Bayon, Chixilabadalon, Zang tizmasi, Koʻhi Xurd, Mazor va b.). Mamlakat hududining jan. va jan.-gʻarbiy qismlari baland tekisliklardan iborat boʻlib, ularda Registon va Garmsir qumli hamda tosh va gilli Dashti Morgʻo choʻllari joylashgan. Botiklarda koʻllar va shoʻrxoklar mavjud (Sabari, Puzak, Gaudi-Zira va b.). A. ning jan.-sharqiy chegarasi boʻylab Sulaymon togʻlarining gʻarbiy tizmalari choʻzilgan. Afgʻonistonda foydali qazilmalar kam oʻrganilganiga qaramay, u yerda toshkoʻmir (Ish pushta, Karkar, Darayai-Soʻf, Karux va b. konlar), tabiiy gaz (Xoʻja gugurtak), temir rudasi (Palangsor), xrom rudasi (Shadal ketkay), oltin (Argandab, Sanglech, Nuraba), berilliy (Darayi-Pech, Darayi-Nur), qoʻrgʻoshin-rux (Farinjol, Mirzaka), mis rudasi (Jigdalay), osh va tosh tuzlari, oltingugurt hamda qimmatbaho tosh konlari mavjud. Hirot va Bomiyon viloyatlarida maʼdanli suv buloqlari ochilgan.

Afgʻoniston hududining katta qismi quruq subtropik iqlim mintaqasida joylashgan boʻlib, iqlimi kontinental. Yozi issiq va quruq (iyulning oʻrtacha t-rasi tekisliklarda 32» —35°, togʻlarda 10° — 14°), qishi iliq, togʻlarda sovuq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi tekisliklarda 0* dan 8° gacha; — 30* sovuqlar ham kuzatiladi, togʻlarda 0» dan past, ayozli kunlar koʻp boʻladi). Yillik yogʻin miqdori shim. hududlarda 170 — 280 mm, choʻl hududlarida 40 — 50 mm, togʻ yon bagʻirlarida 800 mm gacha boradi. Yirik daryolari — Amudaryo va uning irmogʻi — Panj hamda Hilmand, Farrohrud, Herirud, Murgʻob va b. Kobul daryosi Hind okeani havzasiga quyiladi. Daryolarning suvlaridan sunʼiy sugʻorishda hamda elektr energiya hosil qilishda foydalaniladi. Mamlakat sugorma dehqonchilik hududlarida boʻz va toʻq boʻz tuproq hamda surqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Katta qismini qumli tuproq egallagan. Asosan choʻl va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Shim.-sharqiy va sharqiy qismlaridagi togʻlarda keng bargli (2000—2400 m li balandlikda) hamda ignabargli (3300 — 3400 m gacha boʻlgan balandlikda) oʻrmonlar mavjud. Afgʻonistonda yovvoyi hayvonlardan boʻri, sirtlon, tulki, qoplon, ayiq, jayron va b. uchraydi.

Aholisi. Afgʻoniston — koʻp millatli mamlakat. Unda turli til guruhiga kiradigan 30 dan ortiq xalq yashaydi. Aholining deyarli yarmi afgʻon (pushtun)lar (8 mln. dan ortiq kishi). Tojiklar (4,5 mln.), oʻzbeklar (3 mln. ga yaqin), xazoralar (1,5 mln . dan ortiq), turkmanlar, qirgʻizlar, choraymoqlar, balujlar ham bor. Oʻzbeklar asosan Juzjon, Balx, Foryob, Qunduz, Taxor, Samangon, Hirot va qisman Bagʻlon viloyatlarida istiqomat qiladi. Shaharlarda kam joylashgan. Mozori Sharif, Shibirgʻon, Maymana, Oybak, Toluqon, Qunduz va Toshqoʻrgʻon sh. larida aholining koʻpchiligini tashkil etadi. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 km2 da salkam 30 kishi. Davlat tili pushtu va dariy. Aholining 85% islom dinining sunniylik va 15% shialik yoʻnalishlariga mansub. Aholining 18% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Kobul, Mozori Sharif, Qandahor, Hirot, Jalolobod, Qunduz, Bagʻlon.

Tarixi. Hoz. Afgʻoniston hududida mil. av. 1-ming yillikda bir qancha mayda davlatlar boʻlgan. Baqtriya ularning eng kuchlisi edi. Ular uzoq asrlar davomida Axomaniylar, Salavkiylar, Arab xalifaligi, Gʻaznaviylar, Moʻgʻullar, Temuriylar, Boburiylar, Safaviylar hukmronligi ostida boʻlgan. 1747-y. da Ahmadshoh Durroniy Xuroson, Seiston, Sind, Balujiston, Panjob, Kashmir va Balxni, shuningdek Amudaryoning soʻl sohilidagi ayrim hududlarni egallab, birinchi bor mustaqil Afgʻoniston davlatiga asos soldi. Lekin u 1818-y. da bir qator xonliklar (Kobul, Qandahor, Hirot va Peshovar)ga boʻlinib ketdi. 1825-y. da Kobul hokimi Doʻstmuhammad afgʻon yerlarini bir butun davlat qilib birlashtirishga harakat qildi, lekin bunga Angliyaning bosqinchilik urushlari toʻsqinlik qildi (1838 — 42, 1878 — 80 y. lardagi urushlar). Angliya A. ni oʻz mustamlakasiga aylantira olmadi, lekin 1879-y. da tashki siyosat uning nazorati ostiga oʻtdi. 19 – a. oxiri — 20-a. boshlarida Afgʻonistonda markazlashgan davlatni shakllantirish jarayoni yakunlandi. 1 – jahon urushida Afgʻoniston oʻzini betaraf deb eʼlon qildi. Qulay xalqaro sharoitning vujudga kelishi Afgʻoniston amiri Omonulloxonga 1919-y. 28 fev. da Afgʻonistonni mustaqil deb eʼlon qilishga imkon berdi. 1919 — 28 y. larda Omonulloxon mamlakatda qoloqlikni bartaraf qilish va i. ch. munosabatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan bir qancha islohotlarni amalga oshirdi. 1923-y. da Afgʻonistonning birinchi konstitutsiyasi eʼlon qilindi. 1929-y. da Angliya tomonidan uyushtirilgan isyon natijasida Omonulloxon taxtdan ketdi. Hokimiyatni muxolifat kuchlari rahbarlaridan biri, Bachai Saqo (amir Habibullo nomi b-n) egalladi va u barcha islohotlarni bekor qildi. Lekin shu yilning oʻzida Bachai Saqo hokimiyati agʻdarib tashlandi. Taxtga oʻtirgan Nodirshoh hukumati mamlakatni jadal rivojlantirish yoʻlini davom ettirdi. 1933-y. taxtga uning oʻgʻli Muhammad Zohirshoh oʻtirdi. 2-jahon urushi davrida Afgʻoniston betaraflikni saqlab qoldi. Urushdan keyingi yillarda davlat tizimini demokratlashtirish, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish uchun muxolifat harakati kuchaydi (1947, 1950 — 51 y. lardagi chiqishlar, 1965 — 66 y. Kobul sh. dagi namoyishlar). 1973-y. 17-iyuldagi qon toʻkilmay oʻtkazilgan davlat toʻntarishi natijasida monarxiya tugatildi va mamlakat respublika deb eʼlon qilindi. Chuqur islohotlarni oʻtkazishga soʻz bergan Muhammad Dovud hukumati oʻz vaʼdasini bajarmadi. Mana shunday sharoitda 1978-y. ning 27 apr. da yana davlat toʻntarishi amalga oshirildi. Hokimiyatga A. Xalq demokratik partiyasining rahbari Nurmuhammad Taraqqiy boshchiligidagi kuchlar keldi va mamlakat A. Demokratik Respublikasi, 1987-y. dan A. Respublikasi nomini oldi. N. Taraqqiy hokimiyati salkam bir yarim yildan keyin H. Amin tomonidan agʻdarildi, uning oʻzi oʻldirildi. Mamlakatda qirgʻinbarot boshlandi. Lekin H. Amin hokimiyati ham uzoqqa bormadi. U 1979-y. 27 dek. da agʻdarildi hamda hokimiyat avval B. Karmal, 1986-y. dan Najibullo rahbarligidagi A. Xalq demokratik partiyasi va Inqilobiy kengash qoʻliga oʻtdi. 1978-y. apr. toʻntarishidan keyin A. Xalq demokratik partiyasi mavjud sharoitni hisobga olmasdan amalga oshira boshlagan islohotlar afgʻonlarning asrlar davomida shakllangan anʼanalari va urf-odatlariga zid edi. Bu, ayniqsa, yerga egalik qilishda va undan foydalanishda, taʼlim tizimida hamda ayollarning jamiyatda tutgan oʻrnida yaqqol koʻzga tashlanar edi. Shuning uchun ham islohotlarning aksariyati xalqda chuqur norozilik tugʻdira boshladi. Bu esa mamlakatdagi hamda Pokiston va Erondan boshpana topgan afgʻon muxolifat kuchlariga qoʻl keldi. Keyinchalik A. Xalq demokratik partiyasi yuqoridagi xatoliklarini tuzatishga harakat qildi. Lekin vaqt qoʻldan boy berilgan, mamlakat ichidagi nizolar chuqurlashgan edi. Mana shunday sharoitda Afgʻoniston hukumatini qoʻllab kelayotgan, shuningdek oʻz tashqi siyosatini kommunistik mafkurani dunyo boʻylab yoyish orqali taʼsir doirasini kengaytirish asosida qurgan SSSR qoʻshinlarining 1979-y. 25 dek. da. Afgʻonistonga kiritilishi dunyodagi barcha taraqqiyparvar xalqlar tomonidan keskin qoralandi. Koʻp yillik urush mamlakatga 20 mlrd. dollar zarar yetkazdi. 1 mln. afgʻon halok boʻldi, 4 mln. kishi chet ellarga bosh olib ketdi. 1989-y. fev. da sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqib ketildi. 1992-y. apr. da Najibullo hokimiyati agʻdarildi. Islomiy kuchlar hokimiyatni qoʻlga oldi. Shu yildan mamlakat A. Islom Davlati deb atala boshladi. Sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqib ketgandan keyin ham mamlakat juda muhtoj boʻlib turgan siyosiy tinchlik va iqtisodiy qayta qurish davriga oʻta olmadi. Mamlakatda ichki fuqarolar urushi boshlanib, u sovet bosqinchilaridan koʻra kattaroq vayronagarchilik olib keldi. «Tolibon» harakatining oʻzaro kurashga qoʻshilishi Afgʻonistonda yangi vaziyatni vujudga keltirdi. Bu harakatning harbiy kuchlari 1994-y. kuzida dastlabki muvaffaqiyatga erishdi. 1996-y. 27 sent. da ular Kobulni ishgʻol qilib, prezident B. Rabboniy va G. Hikmatyor hukumati agʻdarib tashlanganini, mamlakatda shariat qonun-qoidalariga asoslangan «chin islom boshqaruvi» joriy etilganini bildirdi. B. Rabboniy bilan Hikmatyor hukumati Mozori Sharifga borib oʻrnashdi. 1996-y. 27 sent. kuni Afgʻonistonning sobiq prezidenta M. Najibullo sud qilinmay qatl etildi. 1996-y. 10 okt. da mamlakat shim. da toliblarga qarshi koalitsiya tuzi ld i. Xinjon sh. da harbiy rahbarlar — A. R. Doʻstum, A. Sh. Masʼud, Afgʻoniston Xaliliy harbiy ittifoq haqida bitim imzoladilar va Oliy mudofaa kengashi (OMK) tuzdilar. OMK shim. dagi 9 viloyatning oʻziga xos hukumati boʻlib, uning qarorgohi Mozori Sharif edi. Bu hukumat avvalgi barcha davlat tuzilmalari ishlay berishini, chet ellardagi diplomatiya va konsullik vakolatxonalari Afgʻoniston manfaatlarini himoya qilishini maʼlum qildi. 1997 yil iyunida OMK. tarqatilib, uning oʻrniga A. Birlashgan islom najot fronti tuzildi. Front toliblar bilan muzokara oʻtkazishga tayyor ekanini bildirdi.

1997-y. okt. da «Tolibon» harakati mamlakatning nomi Afgʻoniston amirligi deb oʻzgartirilganini rasmiy eʼlon qildi. 1999-y. oxirida toliblar mamlakat hududining 80% dan ortigʻini nazorat qilar edi. Toliblar maʼmuriyatini 3 davlat: Pokiston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tan olgan. Jahon hamjamiyati prezident B. Rabboniy boshchiligidagi Afgʻoniston hokimiyatini hamon birdan-bir qonuniy hukumat deb tan oladi. BMT da ham B. Rabboniy hukumatidan vakil qatnashadi. Iqtisodiy raqobatchilik va etnik kelishmovchilik kabi omillar ham Afgʻoniston dagi har xil jamoa va qabilalar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni chuqurlashtirdi. Soʻnggi 20 yil ichida boʻlib oʻtgan voqealar Afgʻonistonda kuch bilan hech nimaga erishib boʻlmasligini, faqat oʻzaro kelishuv natijasida tinchlikka erishish va mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlarni qanoatlantiruvchi hokimiyat oʻrnatish mumkinligini koʻrsatdi.

Afgʻonistonning yaqin qoʻshnilaridan boʻlmish Oʻzbekiston ana shularni eʼtiborga olib, Afgʻoniston muammosini tinch bartaraf etishga intilib keldi. OʻzR prezidenta I. Karimov 1993-y. BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida bu mamlakatdagi chigal ahvolga jahon jamoatchiligining eʼtiborini qaratdi, 1995-y. 50-sessiyada bu muammoni bartaraf qilish xususidagi takliflarini bayon etdi. 1997-y. OʻzR prezidenti Afgʻonistonga chegaradosh 6 mamlakat hamda AQSH va Rossiya ishtirokida muloqot oʻtkazish tashabbusi bilan chiqdi. Shu tashabbus amalga oshib, «6+2» guruhi tashkil etildi. Uning birinchi uchrashuvi oʻsha yil 16 okt. da Nyu-Yorkda boʻldi. Nihoyat, 1999-yil 19-iyulda Toshkentda shu guruhning navbatdagi uchrashuvi oʻtkaziddi. Unda Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, shuningdek AQSH va Rossiya vakillari qatnashdi, BMT shafelik qildi. Unda Afgʻoniston dagi nizolashayotgan tomonlar: «Tolibon» harakati va A. Birlashgan fronti moʻtabar namoyandalari ishtirok etishi katta voqea boʻldi. Anjuman nihoyasida «Afgʻonistondagi mojaroni tinch yoʻl bilan bartaraf etishning asosiy ta-moyillari toʻgʻrisida» Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi. Deklaratsiya «Tolibon» bilan Birlashgan front oʻrtasida va ular bilan «6+2» guruhi aʼzolari oʻrtasida bevosita muloqatni yoʻlga qoʻyishga asos boʻldi. BMT Xavfsizlik Kengashi «6+2» guruhining Toshkent uchrashuvi yakunlarini yuqori baholadi. Qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi BMT hujjati maqomini olgan. A. – 1946-y. dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan Afgʻoniston oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1992-y. okt. da oʻrnatilgan.

Asosiy siyosiy partiya va tashkilotlari. Afgʻoniston islom jamiyati (rahbari — Burhoniddin Rabboniy); A. islom partiyasi (rahbari — Gulbiddin Hikmatyor); «Tolibon» harakati (rahbari — mulla Muhammad Umar); A. Milliy islom harakati (rahbari — Abdul Rashid Doʻstum); A. milliy najot jabhasi (rahbari — Sibgʻatulloh Mujaddadiy); A. ozodlik islom harakati (rahbari — Abdu Rasul Sayyof); A. milliy islom jabhasi (rahbari — Sayid Ahmad Giyloniy); A. islom birligi partiyasi (rahbari — Muhammad Haliliy). Ammo hoz. kunda zikr etilgan partiyalarning aksariyati Pokiston hududida joylashgan boʻlib, Afgʻoniston hududida esa «Tolibon» harakati bilan Shim. Ittifoq qolgan. Shim. Ittifoq tarkibiga Afgʻoniston islom jamiyati», «Afgʻoniston islom birligi partiyasi», «Afgʻoniston ozodlik ittifoqi harakati partiyasi», «Afgʻoniston milliy islom harakati» siyosiy partiyalari va ularga qarashli kuchlar kirgan.

Xoʻjaligi. Afgʻoniston — agrar mamlakat. Uning xoʻjaligi koʻp ukladli. Mamlakatning shim. viloyatlarida, Kobul atroflarida hamda Qandahor va Hirot viloyatlarida kapitalistik i. ch. munosabatlari bir oz rivojlangan. Afgʻoniston iktasodiy jihatdan dunyoda eng qoloq va kambagʻal mamla-katlarning biridir. Yalpi milliy mahsulotning 4/5 qismi q. x. da yaratiladi. Afgʻoniston iqtisodiyotining asosini sugʻorma dehqonchilik va yaylov chorvachiligi tashkil etadi. Sugʻorma dehqonchilik Qunduz, Koʻkcha, Balx, Daryoyi-Safed, Murgʻob daryolarining vodiylarida rivojlangan boʻlib, u yerlarda bugʻdoy, arpa, sholi, joʻxori, paxta, kunjut, qand lavlagi yetishtiriladi. Nangarhar viloyatida sholi, joʻxori bilan bir qatorda shakarqamish, sitrus mevalari ham yetishtiriladi. Bogʻ va toyuorlarning asosiy qismi Kobul, Hirot, Argandab hamda shim. va gʻarbiy viloyatlardagi daryo vodiylariga toʻgʻri keladi. Sabzavotchilik va polizchilik keng tarqalgan. Mamlakatda q. x. ga yarokli 17 mln. gektar yer boʻlib, uning 8 mln. gektari haydaladigan yerlardir. Sugorma yerlar 2,5 mln. gektarni tashkil etadi. Gʻallaning yalpi hosili 4 — 5 mln. tonna boʻlib, uning de-yarli yarmi bugʻdoy, 1/6 qismi — arpa. Paxta (yiliga 200 ming t), sabzavot va poliz ekinlari (yiliga 200 ming t), uzum (yiliga 500 ming t), meva, zaytun (yiliga 150 ming t) yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻychilik asosiy oʻrin egallaydi. Qoʻilarning 1/4 qismi qorakoʻl qoʻylaridan iborat. Echkichilik, yilqichilik, tuyachilik ham rivojlangan. Parrandachilik ham mavjud. Sugʻorma dehqonchilik hududlarida pillachilik rivojlangan. Mamlakatda 3 mln. ga yaqin kishi koʻchmanchilik bilan turmush kechiradi.

Sanoat asosan mahalliy xom ashyoga asoslangan boʻlib, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan yengil va oziq-ovqat sanoati barpo qilingan. Elektr energiyasi Mo-zori Sharifdagi quvvati 36 ming kVt li, Kobul, Gulbahor, Qandahor, Hirot va Bagʻlondagi quvvati 2 ming kVt li issiqlik elektr st-yalarda hosil qilinadi. Kobul daryosida GES kaskadi (har biri 100 ming kVt li uchta va 15 ming kVt li bitta) mavjud, jan. da Hilmand daryosida (100 ming kVt gacha boʻlgan), uning irmogʻi Argandabda 15 ming kVt li, Qunduz daryosida 15 ming kVtli «Puli-Xumri» elektr st-yalar barpo etilgan. Shim. dagi sanoat (gaz, neft, kumir, tosh tuzi va b.) korxonalari 1997-y. ning oʻrtalarigacha mahsulot ishlab chiqardi. Kobulda metallsozlik, yogʻochni qayta ishlash, qurilish mate-riallari. ip gazlama, charm poyabzal korxonalari, Mozori Sharifda azot oʻgʻitlari z-di, toʻqimachilik korxonasi, Puli-Xumrida sement z-di, toʻqimachilik korxonasi, Jalolobod, Balx, Qandahorda jun gazlama f-kasi, Aqchada charm poyabzal korxonasi mavjud. Oziq-ovqat sanoati korxonalari deyarli barcha shaharlarda joylashgan. Sanoat markazlari — Kobul, Mozori Sharif, Qandahor, Hirot. Afgʻonistonda gilam-doʻzlik yaxshi rivojlangan. Balx, Jauzjon, Faryob, Badxiz, Hirot, Farroh viloyatlarida qoʻlda gilam toʻqiladi. Afgʻoniston chetga hoʻl va quruq mevalar, teri va charm, qorakoʻl, paxta, jun, gilam, moyli urugʻlar, shifobaxsh oʻtlar, tabiiy gaz chiqaradi. Chetdan turli mashina va jihozlar, neft mahsulotlari, shinalar, toʻqimachilik mollari, doridarmon, tamaki, qand, choy, bugʻdoy, tayyor kiyimlar oladi.

T. y. transport irivojlanmagan (bundan uz. 11 km boʻlgan Kushka-Torgundi t. y. istisno). Asosiy transport turi — avtomobil transporti. Avtomobil yoʻllarining umumiy uz. 20 ming km boʻlib, uning 3 ming km asfaltlangan. Transport vositasi sifatida ot-eshak hamda tuyalardan keng foydalaniladi. Kobul va Qandahor sh. larida xalqaro aeroportlar mavjud. Pul birligi — afgʻoni.

Maorif, matbuot, tibbiy xizmat va ichki hayotga tegishli boshqa sohalarga soʻnggi yillardagi urush sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Shu bois hoz. kunda bu sohalarga oid biron bir maʼlumot mavjud emas.

Adabiyoti. Afgʻoniston adabiyotining rivojida pushtu va fors-kobuliy tilidagi xalq ogʻzaki ijodining taʼsiri katta. 10 — 15 – a. lar mumtoz adabiyotining namoyandalari Rudakiy, Firdavsiy, Saʼdiy va b. shoirlar ijodiyotini Eron, Afgʻoniston, Tojikiston xalqlari oʻzlarining umumiy adabiy merosi deb hisoblaydilar. 15-a. da yashab ijod etgan Boyazid Ansoriy saj (qofiyali nasr) uslubidagi asarlarida diniy-falsafiy, ijtimoiy fikrlarini bayon etdi. Uning izdoshlari, «ravshaniy shoirlar» nomi bilan mashhur boʻlgan Davlat Lohoniy, Mulla Arzoniy, Mirzaxon Ansoriylar 17-a. da Afgʻoniston adabiyotida ijtimoiy va demokratik mayllarni targʻib qildilar. 17 — 18-a larsa Xupholxon Hattak, Abdurahmon Rahmonbobo, Abdulhamid, Abdulqodirxon Hattak, Kozimxon Shaydo, Pirmuhammad Kokar, Ahmadshoh Durroniy kabi zabardast shoirlar yetishib chiqdi va Afgʻoniston adabiyoti rivojida sermahsul davr boshlandi. Afgʻoniston adabiyotiga fors-tojik va oʻzbek adiblaridan Umar Xayyom, Hofiz, Jomiy, Xisrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Bedil ijodi barakali taʼsir oʻtkazdi. 19 – a. da afgʻonlarning ingliz bosqinchilariga qarshi qahramonona kurashi Hyp Sohib, Nuriddin, Hamid Kashmiriy kabi yozuvchilar ijodida aks ettirildi. Maxmud Tarziy 20 – a. boshlarida taniqli maʼrifatparvar boʻlgan. Oʻsha paytda Solih Muhammad, Gʻulom Muhiddin Afgʻoniy va b. muhim ijtimoiy muammolar haqida yozdilar. 19 – a. oxiri — 20 – a. boshlarida Peshovarda nasrchilik rivojlana boshladi. Mavlaviy Ahmad afgʻon adabiyotida hikoyanavislikka asos solganlardan biri boʻladi. U pushtu tilida «Odamxon va Durxoniy» ertagi asosida qissa va «Afgʻon ganjinasi» hikoyalar toʻplamini yozdi. Ahmadshoh Rizvoniy sheʼr va hikoyalar ijod etdi. Afgʻoniston mustaqillika erishgach (1919), adabiyotda maʼrifatparvarlik mavzui ustun boʻldi, vatanparvarlik ruhidagi asarlar dunyoga keldi. Turli adabiy uslub va yoʻnalishlar birbiri bilan qoʻshila bordi. 1937-y. da Kobuldagi «Anjumane adabiy», Kandahordagi «Pushtu» jamiyatlari birlashuvi natijasida «Pashtu tolina» (Afgʻon akademiyasi) tashkil topdi. Akademiya olimlari pushtu tilidagi adabiyot va sanʼatni rivojlantirish bilan shugʻullandilar. 2 – jahon urushidan key-in tuzilgan «Bedor yoshlar» tashkiloti aʼzolari matbuotda va adabiy asarlarda jamiyatda jiddiy oʻzgarishlar qilish va mamlakatni ogʻir iqtisodiy ahvoldan qutqarish talablarini ilgari surdilar. Aning mashhur yozuvchilari: Abdurauf Benavo, Gul Pocho Ulfat, Nurmuhammad Taraqqiy, Gʻulom Hasan Sofiy, Qiyomiddin Xodim, Sadikulla Rishgin, Abdulhaq Betob, Xalilulla Xaliliy.

Meʼmorligi va tasvirni sanʼati. A hududida mil. av. 4 — 3 ming yillarda barpo etilgan Mundigak manzilgohi qoldiqlari saqlanib qolgan. YunonBaqtriya podshohdigi davri meʼmorligi va sanʼatida ellinizm taʼsiri seziladi. Baqtra yaqinida, Bomiyon daryosi vodiysida 1—8 – a. larga mansub budda ibodatxonalari, ehrom va haykallari saqlanib qolgan. Bomiyon majmuining eng eʼtiborli qismi Buddaning qoyaga ishlangan bahaybat haykalidir. Bu davrda zargarlik, shisha va metalldan badiiy buyumlar yasash ham rivojlandi. Afgʻoniston oʻrta asrlar meʼmorligi va sanʼatida Eron hamda Turkiston meʼmorligi va sanʼati bilan oʻxshashligi koʻp. Gʻaznaviylar davri (977 — 1186) dagi mahobatli binolarda ayvonlar, peshtoklar paydo boʻldi. Istehkom shaharlar, hashamatli saroylar, masjidlar, maqbaralar qurildi. 12-a. meʼmoriy obidalaridan Gʻazna atrofidagi minoralar alohida ahamiyatga ega. Jom yaqinidagi minoraning ulugʻvorligi, mutanosibligi, undagi nafis naqshni meʼmorlik durdonasi lesa boʻladi. Temuriylar hukmronligi davrida qurilish ishlari avj oldi. Shaharlar qurish doirasining kengligi, binolarning dabdabali shakllari, ularning bezakdorligi — bu davr meʼmorligi va sanʼatining asosiy xususiyatidir. Hirotda katta qurilish ishlari olib borildi. Jome masjidi tiklandi, shahar atrofida bogʻlar, saroylar qurildi. Masjid, Madrasa, maqbara, minora va b . dan iborat kurkam Musallo majmuasi tashkil topdi. Balxdagi Xoʻja Abu Nasr Porso maqbarasi (15-a.) mashhur. 11 — 15-a. larda amaliy-badiiy bezak sanʼati ravnaq topdi. Metall, yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, gilam toʻqish keng rivojlandi. Hirot, Qandahorda ishlangan patnis, lagan, koʻza, shamdon, qalamdon, kurol-aslaxa, egar-jabduklar kurkam va nafis. Hirotning gilamlari oʻzining koʻp ran-gli geometrik va oʻsimliksimon naqshlari bilan mashhur. Bu yerda miniatyura sanʼati juda rivojlandi. Shohrux va uning oʻgʻli Boysoʻngur homiyligidagi kugubxonada Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning «Xamsa», Saʼdiyning «Boʻston» kabi mumtoz asarlarini Turkiston va Erondan keltirilgan xattotlar koʻchirdi, musavvirlar bezadi. Hirot miniatyura maktabi rasmlari kurkamligi, nafisligi, rangdorligi va mohirona tuzilgan kompozitsiyey qurilishi bilan ajralib turadi. Hirotda Mirak Naqqosh (Behzodning ustozi), Behzod kabi mashhur musavvirlar ijod qildilar. 16 – a. obidalari orasida Bobur maqbarasi diqqatga sazovor. 18-a. obidalaridan Ahmadshoh Durroniy maqbarasi mashhur. Milliy sanʼatning rivojlanishida 1921 yda Kobulda tashkil etilgan tasviriy, amaliy sanʼat va hunar maktabi katta rol oʻynadi. Abdulgʻofur Breshna va uning shogirdlari, Gʻavsiddin, Xayr Muhammad, Vafo va b. ijodida manzara, mahalliy ozodlik kurashi tarixidan olingan voqealar, xalq hayotini koʻrsatuvchi lavhalar katta urin egallaydi. Portretchi rassom Humoyun Eʼtimodiy ijodida koʻproq oʻrta asr miniatyurachiligi oʻrin olgan. Afgʻon xalqi amaliy sanʼatining anʼanalari ham saqlanib kelmoqda.

Teatri. 10 — 12-a. larda Gʻaznaviy shohlar saroyida ommaviy tomoshalar qoʻyish rasm boʻlgan edi. Xalq orasida ayiqboz, maymunboz va qoʻgʻirchoqbozlar tomosha koʻrsatib kelishgan. Afgʻoniston mustaqillikka erishgach, havaskorlik teatr truppalari paydo boʻldi, keyinroq Kobulda Yevropa tipidagi birinchi teatr ochildi. Ichki siyosiy ziddiyat kuchayishi natijasida 20 – y. lar oxirida teatr yopildi. 1941-y. xalq tomoshalari boshqarmasi tashkil etildi. Koʻchma truppalar asosida «Poxini nindore» (40-y. larning oʻrtalarida) va «Di Kobul nindore» (1947) maydonga keldi. Kobul teatrlari tarixiy mavzuda A. Karimiyning «Vatanga sadoqat», Yu. Koʻhzodaning «Ahmadshoh bobo», zamonaviy mavzuda A. Breshnaning «Soliqchi», G. M. Ayyubiyning «Nomaʼlum odat qurbonlari», A. Benovaning «Maktabdosh doʻstlar». A. Ixlosning «Akramxon va Laʼlixon», R. Latifiyning «Kumush shamdonlar» asarlarini sahnalashtirdi. Afgon xalqi orasidan M. A. Ravnaq, Besad, Isir, Mashʼal, Habiba, Jayla, Raʼno singari aktyorlar yetishib chiqdi. 19S6 y. Kobulda teatr maktabi ochilgan. Musiqasi. Afgʻoniston musiqasi rang-barang taronalarga boy. Xalq musiqasida bir ovozli, bayt qoʻshiqlar keng tarqalgan; chorbayt, gʻazal kabi anʼanaviy va yangi shakldagi janrlar mavjud. Afgʻon va qashqar ruboblari, dilrabo, dilnavoz va tanbur kabi torli sozlar koʻp. Sanʼat arboblaridan — sozandaxonanda Usto Gʻulom Husayn va Usto Mamad Umar, shoir, xonanda-bastakor Hofizulla Hiyol va Jamil Zalond, Salim Sarmast va Faqir Nangolay kabi bastakor-mehtarlar, Xadicha Parvin, Hamida Ruxshona, Qubra Jilo, Abduraim Sarbon, Abduvahob Mamadiy, Sora Zalond singari xonandalarning nomi kup mamlakatlarda maʼlum. 1965-y. mamlakatda birinchi musiqa maktabi ochildi. Kobuldagi Akademiya birinchi afgʻon qoʻshiqlari toʻplami («Pashtani sandiri»)ni nashr etdi. Oʻzbekiston sanʼatkorlari Afgʻonistonda, afgʻon artistlari (Usto Gʻulom Husayn, Hofizulla Hiyol) Oʻzbekistonda koʻp marta gastrollarda boʻlishgan. Mamlakatning taniqli musiqachilari orasida Qosim Afgʻon, Muhammadin Zayxeya va b. bor.

Abduhakim Qayumov.


Lotin alifbosida maqola: AFGʻONISTON haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
ANDIJON VILOYATI
AMIR TEMUR
ARMANISTON
AFRIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты