ADIROVICH Emmanuil Ilich

ADIROVICH Emmanuil Ilich (1915, Melitopol, Ukraina — 1973, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1962). Moskva davlat un-tini tugatgan (1940). Moskva neft in-tida (194449), P. N. Lebedev nomidagi Fizika inti (Moskva)da (1949 — 1962) ishlagan. Oʻzbekiston FA Fizika-texnika in-tida boʻlim mudiri (1962—1973). Ilmiy ishlari qattiq jismlar fizikasiga oid. Adirovich kristallar lyuminessensiyasining zonaviy nazariyasi asoschilaridan biri, qattiq jismlarda elektr jarayonlari kinetikasiga doir masalalarni hal qilishning kvazistatsionar usuli tashabbuskori, fotoelektretlarda elektron qutblanish va kutbeizlanish qonunini kashf etdi.


Lotin alifbosida maqola: ADIROVICH Emmanuil Ilich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
UKRAINA
FIZIKA
O'zbekistonning urush girdobiga tortilishi
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты