ADONIS

ADONIS (Adonis) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub oʻtlar turkumi. 20 ga yaqin bir yillik va koʻp yillik turlari bor. Oʻrta Osiyo, Sibir va Yevropa togʻlarida oʻsadi. Toshkent, Samarqand, Kashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi yaylovlarda Adonisning 4 turi (A. parvifl ora, A. turkestanica, A. leiosepala, A. chrysocyathus) uchraydi. Ayrim turlari (ayniqsa, A. turkestanica va A. vemalis .)dan yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan adonizid olinadi. Bu turlarning poyasi tik (20— 40 sm), tukli boʻlib, gullab boʻlgandan soʻng tuklari toʻkilib ketadi. Adonis barglari qirqma, patsimon, murakkab, poyasining yuqori qismida bandsiz, quyi qismida bandli. Gullari yirik, aktinomorf (toʻgʻri), har bir poyacha uchida bittadan gul boʻladi: gulkosachasi 5 ta koʻk kosachabargdan, gultoji 5—20 ta sariq gulbarglardan iborat. Changchi va urugʻchilari koʻp. Gul oʻrni konussimon. Adonis apr. — may oyida gullaydi.


Lotin alifbosida maqola: ADONIS haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
OSIYO
XITOY
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты