BOʻGʻIM

BOʻGʻIM — suyaklar (baʼzan paylar) ning harakatchan birikishi, bunda birikkan yuza oraligʻida boʻshliq (yoriq) boʻladi. Boʻgʻim hosil boʻlishida ishtirok etadigan suyaklarning (birida boʻgʻim boshchasi, ikkinchisida esa boʻgʻim chuqurchasi boʻladi) sinovial suyuqlik b-n toʻla. Boʻgʻim boʻshligi va Boʻgʻim xaltasi farq qilinadi. Suyaklarning bir-biriga birikkan uchlari bir xilda boʻlmaydi. Koʻpincha oyoqqoʻlning naysimon suyaklari Boʻgʻim sohasida yoʻgʻonlashib, boshcha, suyakning qaramaqarshi yuzasida esa botiqchalar va maydonchalar hosil qiladi. Suyaklarning Boʻgʻim yuzalari Boʻgʻim paylari bilan qoplangan boʻlib, ular harakat vaqgida sodir boʻladigan zarblarni kamaytiradi, Boʻgʻimning erkin va elastik harakat qilishiga imkon beradi. Boʻgʻim hosil qilishda ishtirok etadigan suyaklarning uchlari biriktiruvchi toʻqimadan tuzilgan boʻlib, Boʻgʻim xaltasi b-n, ichki tomondan esa sinovial parda bilan oʻralgan. Bu parda paylar yuzasini namlab turuvchi va ular harakatini yengillashtiruvchi suyuqlik ishlab chiqaradi, aks holda harakat chogʻida Boʻgʻim hosil qilgan suyaklarning yuzalari oʻzaro ishqalanib ogʻriq paydo qiladi va harakat cheklanadi. Koʻpchilik Boʻgʻim xaltasi boylamlar bilan mustahkam oʻralgan. Boʻgʻim yuzalarining shakliga qarab sharsimon (koʻp oʻqli), gʻaltaksimon (bir oʻqli), tuxumsimon (ikki oʻqli) va b. B. lar boʻladi. Sharsimon boshchali suyak B. i (mas, yelka suyagi Boʻgʻimi) eng serharakat hisoblanadi, tuxumsimon boshchali suyak Boʻgʻimi (mas, boldiroyoq panjasi Boʻgʻimi) da bukilishyozilishdan boshqa harakatlar chegaralangan; baʼzi suyak Boʻgʻim lari (mas, bilaktirsak Boʻgʻim ida bilak suyagi) aylanma harakat qilishi mumkin. Qator Boʻgʻim larning yordamchi tuzilmalari boʻlib, ularni Boʻgʻim paylari (tizza Boʻgʻimi, jagʻ B. i), disklar, menisklar bir-biriga moslashtirib turadi. Baʼzi suyaklar oʻzaro Boʻgʻim yordamisiz, biriktiruvchi toʻqimalar, boylamlar va paylar yordamida birikkan boʻladi (mas, kalla suyagi orasidagi choklar, chanoqboylamlari, umurtqalar orasidagi pay disklari va b.). B. harakati odamning tik yurishi, bukilishi, ishlashi va b. holatlarini taʼminlaydi. Boʻgʻim sovuqqa, kasalliklarga, shikastlarga, moddalar almashinuvi buzilishiga oʻta taʼsirchan boʻladi, shu bois uni bu illatlardan himoya qilish lozim. Muntazam ravishda badan tarbiya bilan shugullanish Boʻgʻimni mustahkamlaydi va ularni tashqi muhit taʼsirotlariga chidamini oshiradi. Boʻgʻim kasalliklaridan uning shikastlanishi (suyak chiqishi), artroz (tugʻma yoki moddalar almashinuvining izdan chiqishi tufayli), B. yalligʻlanishi (artrit) koʻproq uchraydi. Shuningdek, B. larning qimirlamay qolishi (ankiloz), harakatining vaqtincha yoki butunlay cheklanishi (kontraktura) kuzatiladi.

Nosir Ahmedov.


Lotin alifbosida maqola: BOʻGʻIM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: B harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BIRIKTIRUVCHI TOʻQIMA
ALISHER NAVOIY
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
BERUNIY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты