AVITAMINOZ

AVITAMINOZ (yun. a — inkor qoʻshimchasi va vitaminlar) — organizmda vitaminlar yetishmasligi natijasida paydo boʻladigan kasallik. Mas, vitamin S yetishmasligi lavsha (singa), vitamin V, yetishmasligi beri-beri, vitamin D yetishmasligi raxit, vitamin RR yetishmasligi pellagra kasalligiga sabab boʻladi. Homiladorlikda, koʻpincha tuqqandan keyin roʻy beradigan chillashir kasalligi ham Avitaminoz natijasidir. Bitta vitamin yetishmasa, mono A., kup vitamin yetishmasa, poli Avitaminoz kelib chiqadi. Birinchi marta 1880-y. da rus vrachi N. I. Lunin A. ni tajriba yoʻli b-n hosil qilgan. Avitaminozning oldini olish uchun vitaminga boy sabzavot va mevalarni koʻproq isteʼmol qilish, vitaminli masalliqlarni yaxshi saqlash, ovqat pishirganda vitaminlarning parchalanib ketishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Davosi: vitaminga boy taomlar buyuriladi yoki organizmda qaysi vitamin yetishmasa, oʻsha vitamin preparatlari beriladi.

Avitaminoz hayvonlarda ham uchraydi. Bunday hayvon koʻpincha qisir qoladi yoki bola tashlaydi. Yangi tugʻilgan bolasi yaxshi oʻsmaydi, hatto tez kunda nobud boʻladi. Kasallikning oldini olish uchun hayvonlarni, ayniqsa yosh hayvon va parrandalarni servitamin ozuqalar bilan boqish kerak.


Lotin alifbosida maqola: AVITAMINOZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BERUNIY
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BAKTERIYALAR
ALISHER NAVOIY
AMIR TEMUR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты