AGISHEV Odelsha Aleksandrovich (1939.10.8) — kinossenariychi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1975). «Laylak keldi, yoz boʻldi», «Favqulodda komissar», «Sevishganlar», «Uchrashuv va ayriliq», «Soʻnggi uchrashuv», «Sevgi va nafrat», «Dahoning yoshligi» filmlarining ssenariylarini hamkorlikda yozgan.