ANDIZ

ANDIZ (Inula) — qoqidoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. 100 ga yaqin turi bor. A. asosan Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Oʻzbekistonda 9 turi uchraydi. Boʻydor Andiz (kora A. — I. helenium va sariq A. — I. grandis) turlari koʻproq tarqalgan. Bu turlarning poyalari baland boʻyli (1 — 2,5 m), bir oz qirrali, tukdor; ildizpoyasi (tanasi) yoʻgʻon; barglari butun, cheti notekis, poyaning quyi qismida yirik (uz. 40—50 sm, eni 20—25 sm), yuqorisida esa maydaroq (uz. 10—30 sm, eni 3—12 sm); guli savatcha, gulbandi yoʻgʻon, chetdagi gullari urugʻchili, oʻrtadagilari esa ikki jinsli, sariq. Iyunning oxiridan sent. gacha gullaydi. Adir va togʻlarda 500—2000 m gacha balandlikda oʻsadi. Kora Andiz ildizpoyasi tarkibida 3% gacha efir moyi, 44% gacha inulin, saponin va b. moddalar bor. Ildizpoyasining kaynatmasi balgʻam koʻchiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Sariq Andiz ham tabobatda siydik haydovchi dori oʻrnida qoʻllaniladi. Sariq Andiz ildizpoyasidan esa levulyoza (fruktoza) olinadi. Andizning baʼzi turlari xushmanzarali.


Lotin alifbosida maqola: ANDIZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Ulug'bek Ismailov - Guli
AFRIKA
ANDIJON VILOYATI
BALGʻAM KOʻCHIRUVCHI DORILAR
BEGONA OʻTLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты