AKADEMIK QAYIQLAR

AKADEMIK QAYIQLAR — tez suzuvchi eshkakli sport kayiklari. Poygalarda ishlatiladi. Eshkak quloqlari va suriluvchi (roliklarda) maxsus oʻrindiqlari bor. Bunday qayiqlar juda yengil materiallardan yasalib, xipcha, suvni atrofidan tez oʻtkazadigan boʻladi.

Akademik qayiqlar «yolgʻiz» va «juftlik»larga boʻlinadi. «Juftlik»larda sportchi ikkita eshkakdan, «yolgʻiz»da esa bitta uzun eshkakdan foydalanadi. «Juftlik» qayiqlar bir sportchilik, ikki sportchilik va toʻrt sportchilik boʻladi. «Yolgʻiz» eshkaklilari ikki, toʻrt va sakkiz sportchiga moʻljallangandir. Qayiqlarning boʻyi, eni va vazni turlicha. Ichki qurilmalari bilan ogʻirligi 10—15 kg, uz. esa 8—9 m. Eng katta linkorn sakkizlik Akademik qayiqlarning uz. 20 m. ga yaqin boʻlib, vazni 90—110 kg ga boradi. Sportchilar qayiq oldi tomoniga teskari oʻtirib eshkak eshadilar. Oʻzbekistonda Akademik qayiqlar ilk bor 1963-y. paydo boʻldi. V. N. Mustafoyev 1971-y. mamlakat Kubogi uchun kurashda gʻolib chiqdi. 1989, 1990-y. da 8 juftlikda Oʻzbekiston oʻsmirlari sobiq Ittifoq chempioni boʻlishdi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Olimpiya oʻyinlarida, Osiyo va jahon chempionatlarida muntazam qatnashadi.


Lotin alifbosida maqola: AKADEMIK QAYIQLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
YER
YAPONIYA
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты