AKBAROV Habibulla Asatovich

AKBAROV Habibulla Asatovich (1936.24.3, Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1994). Geol.-mineralogiya fanlari d-ri (1986), prof. (1992). Oʻrta Osiyo politexnika in-tining geol.-qidiruv f-tini tugatgan (1958). Oʻrta Osiyo geol. va mineral xom ashyo in-tida sektor mudiri (1968-79), boʻlim mudiri (1979-86), direktor oʻrinbosari (1987—91). 1992—96 y. larda ToshDTU prorektori va ayni vaqtda shu un-t foydali qazilma konlari kafedrasi mudiri. 1996-y. dan Oʻzbekiston FA Yer haqidagi fanlar boʻlimi raisi va FA Prezidiumi aʼzosi (1997-y. dan). Akbarovning ilmiy ishlari endogen ruda konlari va maydonlari tuzilishi, ularning paydo boʻlish va joylashish qonuniyatlarini oʻrganish, rudalarni izlash va bashoratlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga bagʻishlangan.

As. Tabiiy muhitni muhofazalashning geologiya asoslari, T., 1996 (hammuallif).


Lotin alifbosida maqola: AKBAROV Habibulla Asatovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
GEOLOGIYA
GEOGRAFIYA
ABDULLAYEV Habib Muhamedovich


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты