ARRAKASHLAR

ARRAKASHLAR — oʻtroq qorinli pardaqanotlilar kenja turkumi bir necha oilalarining umumiy nomi. Urgʻochisi arraga oʻxshash tuxum qoʻygichi yordamida oʻsimlik bargi, poyasi va organlariga tuxum qoʻyadi. Lichinkalarining tuzilishi va hayot kechirish xususiyati turli oilalarda bir xil emas. Haqiqiy Arrakashlar (Jenthredinidae) lichinkasining 3 juft koʻkrakoyoqlari bilan birga bir juft soxta qorinoyoqlari ham boʻladi, boshqa Arrakashlar lichinkasining qorinoyoqlari rivojlanmagan, koʻkrakoyoqlari kuchsiz rivojlangan. Lichinkasi oʻsimliklar ustida ochiq hayot kechiradi (Jenthredinidae oilasi) yoki oʻrgimchak turiga oʻxshash barglarni oʻrab oladigan toʻri ichida yashaydi (tur toʻquvchi Arrakashlar — Pamphiliidae). Shoxdor dumli (Siricidae) va poya A. (Cephidae) poyada yashirin hayot kechiradi. Lichinkasi tuproqqa tushib gʻumbakka aylanadi. Voyaga yetgan Arrakashlar gul nek-tari bilan oziqlanadi, lichinkasi oʻsimliklarga katta ziyon keltiradi. Arrakashlarda partenogenez koʻpayish keng tarqalgan, bir yilda 4 tagacha partenogenez boʻgʻini rivojlanadi.

Oʻzbekistonda qulupnay A. (Allanthus cinctus) qulupnay, atirgul va mevali daraxtlarga; otquloq A. (Ametastogia glabrata) oʻtchil oʻsimliklarga; olcha A. (Caliroa cerasi) mevali daraxtlarga; don A. (Cephus pygmaeus) bugʻdoy, arpa va b. donli ekinlarga ziyon keltiradi. Kurash choralari yerga toʻqilgan oʻsimlik qoldiqlarini yigʻib olib yoʻqotish, yerni chuqur haydash va chopiq qilishdan iborat.


Lotin alifbosida maqola: ARRAKASHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
YER
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
PARTENOGENEZ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты