AMUR VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1932 i. 20 okt. da Xabarovsk oʻlkasi tarkibida tashkil etilgan. 1948-y. 2 avg. dan alohida Amur viloyati Mayd. 363,7 ming km2. Aholisi 1063 ming kishi (1993), asosan ruslar, ukrainlar; shuningdek beloruslar, evenklar, yakutlar yashaydi. Shaharliklar 68%. A. v. da 10 shahar, 33 shaharcha bor. Markazi — Blagoveshchensk sh. A. v. Amur daryosi havzasida. Shim. da Stanovoy tizmasi (eng baland nuqtasi 2312 m) bilan oʻralgan. Tukuringra, Jugdir, Turana, Jagdi tizmalari, Yuqori Zeya, Zeya-Bureya tekisliklari va AmurZeya platosi bor. Oltin, temir rudasi, kumir, kaolin, ohaktosh, kvars qumlari konlari, mineral buloklar mavjud. Amur viloyati iqlimi keskin kontinental. Musson taʼsiri ostida. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 24° dan — 33° gacha, iyulniki 18 — 21°. Yiliga oʻrtacha 450 — 800 mm yogin tushadi. Eng katta daryolari: Amur, uning irmoqlari — Zeya, Bureya. Tuprogi asosan qoʻngʻir oʻrmon tuprogi, bir qismi podzollashgan, jan. da qoramtir tuprokdar. Amur viloyati hududining 65% oʻrmon. Amur viloyati hududida Zeya va Xingan qoʻriqxonalari joylashgan. Kon qazish (oltin, koʻmir), oʻrmon, yogʻochsozlik, elektrotexnika, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari bor. Zeya GES ishlab turibdi. Bureya GES qurilmoqda (1993).
Amur viloyati — Uzoq Sharqning eng yirik q. x. rayoni. Gʻalla ekinlari (bugʻdoy, suli, arpa), soya, kartoshka, sabzavot yetishtiriladi. Goʻsht-sut chorvachiligi, asalarichilik, buguchilik, darrandachilik rivojlangan. Ovchilik bilan shugʻullaniladi. Hududidan Transsibir t. y. va Baykal — Amur t. y. magistrali oʻtadi. Amur, Zeya, Bureya daryolarida kema qatnaydi.