AMUR VILOYATI

AMUR VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1932 i. 20 okt. da Xabarovsk oʻlkasi tarkibida tashkil etilgan. 1948-y. 2 avg. dan alohida Amur viloyati Mayd. 363,7 ming km2. Aholisi 1063 ming kishi (1993), asosan ruslar, ukrainlar; shuningdek beloruslar, evenklar, yakutlar yashaydi. Shaharliklar 68%. A. v. da 10 shahar, 33 shaharcha bor. Markazi — Blagoveshchensk sh. A. v. Amur daryosi havzasida. Shim. da Stanovoy tizmasi (eng baland nuqtasi 2312 m) bilan oʻralgan. Tukuringra, Jugdir, Turana, Jagdi tizmalari, Yuqori Zeya, Zeya-Bureya tekisliklari va AmurZeya platosi bor. Oltin, temir rudasi, kumir, kaolin, ohaktosh, kvars qumlari konlari, mineral buloklar mavjud. Amur viloyati iqlimi keskin kontinental. Musson taʼsiri ostida. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 24° dan — 33° gacha, iyulniki 18 — 21°. Yiliga oʻrtacha 450 — 800 mm yogin tushadi. Eng katta daryolari: Amur, uning irmoqlari — Zeya, Bureya. Tuprogi asosan qoʻngʻir oʻrmon tuprogi, bir qismi podzollashgan, jan. da qoramtir tuprokdar. Amur viloyati hududining 65% oʻrmon. Amur viloyati hududida Zeya va Xingan qoʻriqxonalari joylashgan. Kon qazish (oltin, koʻmir), oʻrmon, yogʻochsozlik, elektrotexnika, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati tarmoqlari bor. Zeya GES ishlab turibdi. Bureya GES qurilmoqda (1993).

Amur viloyati — Uzoq Sharqning eng yirik q. x. rayoni. Gʻalla ekinlari (bugʻdoy, suli, arpa), soya, kartoshka, sabzavot yetishtiriladi. Goʻsht-sut chorvachiligi, asalarichilik, buguchilik, darrandachilik rivojlangan. Ovchilik bilan shugʻullaniladi. Hududidan Transsibir t. y. va Baykal — Amur t. y. magistrali oʻtadi. Amur, Zeya, Bureya daryolarida kema qatnaydi.


Lotin alifbosida maqola: AMUR VILOYATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
OSIYO
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты