ASALARI BOʻRISI

ASALARI BOʻRISI, filant (Philanthus triangulum) — kovlovchi arilar (sphecidae) oilasiga mansub xasharot. Uz. 17 mm gacha, yerdagi kovaklarga, koʻpincha uncha katta boʻlmagan jarliklarga uya quradi. Urgʻochisi oʻz naslini falajlangan arilar bilan boqadi yoki ular yiqqan nektardan foydalanadi. Filantlarning boshqa turlari yakka yashovchi arilarni ovlaydi. Asalari boʻrisi asalarichilikka katta ziyon keltiradi. Kurash chorasi asalarilar bo-qiladigan joylar yaqinidagi Ab. uya qurishi mumkin boʻlgan, foydalanmaydigan joylarni haydab, ularning uyalarini buzib tashlashdan iborat.


Lotin alifbosida maqola: ASALARI BOʻRISI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ASALARI
ASALARISIMONLAR
YER
KURASH
SARIQ ARILAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты