AVSTRALIYA ZOOGEOGRAFIK OBLASTI

AVSTRALIYA ZOOGEOGRAFIK OBLASTI — quruklikdagi zoogeografik oblastlardan biri. Avstraliya zoogeografik oblasti Avstraliya qitʼasi, Tasmaniya, Timor, Yangi Gvineya, Bismark va Solomon arxipelaglari hamda boshqa birqancha orollarni oʻz ichiga oladi. Avstraliya bilan Yangi Gvineya qadimdan qoʻshni qitalardan ajralib qolganligi, ayrim orollar esa hechqachon qitʼalar bilan qoʻshilmaganligi sababli bu oblast faunasi birinchidan, uncha boy emas, ikkinchidan, juda koʻp endemik va qad. turlarga ega. Avstraliya zoogeografik oblastida odamlar olib kelib, keyin yovvoyilashib ketgan dingo iti, choʻchqa va quyonlarni istisno qilganda yuksak sut emizuvchilar (yoʻldoshlilar) faqat baʼzi bir kemiruvchilar va qoʻlqanotlilardan iborat. Qoʻlqanotlilar uzoqqa ucha olishi tufayli, kemiruvchilar esa shox-shabbalar bilan birga dengiz orqali oqib kelib qolgan boʻlishi mumkin. Avstraliya zoogeografik oblasti orol holati tufayli uning faunasi tarkibida bir teshiklilar (tuxumqoʻyuvchilar) kabi relikt hayvonlar guruhi saqlanib qolgan. Bir teshiklilardan oʻrdakburun, yexidna va proyexidna endemik turlar hisoblanadi. Bu yerda faqat xaltalilar faunasi xilma-xil boʻlib, 162 toʻrni oʻz ichiga oladi. Xaltalilarning turlari boshqa zoogeografik oblastlardagi sut emizuvchilarning turli biologik tiplariga mos keladi. Mas, xaltali boʻri va xaltali suvsar yirtqichlarga, xaltali chumolixoʻr va xaltali krot hasharotxoʻrlarga, xaltali olmaxon va koala olmaxon tipidagi kemiruvchilarga, kenguru esa tuyoklilarga yaqin turadi. Avstraliya zoogeografik oblastida 660 tur qushlardan 450 dan ortiqrogʻi endemik hisoblanadi. Bu oblastda Avstraliya tuyaqushlaridan kazuarlarning 3 turi va emu (bir tur), liradumlilar (2 turi), jannat qushlarining 100 dan ortiq turi tarqalgan. Avstraliya zoogeografik oblasti faunasida ayniqsa toʻtiqushlar xilma-xil boʻladi, ular orasida nakadu, rozema, toʻlqinsimon patli toʻtilar koʻpchilikka maʼlum. Asalxoʻrlar A. z. o. uchun xarakterli boʻlib, 200 ga yaqin turi bor. Sudralib yuruvchilar faunasi 400 turga yaqin boʻlib, ular asosan kaltakesaklar (240 tur), ilonlar (140 tur), toshbaqalar (10 tur) va timsoxlardan (3 tur) iborat. Sudralib yuruvchilardan yoʻgʻondumli gekkonlar, plashchli kaltakesak, baliqlardan ikki xil nafas oluvchi seratod Avstraliya zoogeografik oblasti uchun xosdir. Suvda ham, quruklikda ham yashovchilar orasida dumlilar umuman uchramaydi, dumsizlar esa 60 dan ortiqroq toʻrni oʻz ichiga oladi. Umurtqasiz hayvonlardan eng yirik yomgir chuvalchanglari — skoletsidlar (3,5 m gacha), bichikchi chumolilar, asalxoʻr chumolilar, termitlar koʻproq uchraydi.

Ad.: Voronov Avstraliya Zoogeografik Oblasti, Biogeografiya s osnovami ekologii, M., 1984; Kobыshev Avstraliya Zoogeografik Oblasti, Kubansev B. S, Geografiya jivotnыx s osnovami zoologii, M., 1988.


Lotin alifbosida maqola: AVSTRALIYA ZOOGEOGRAFIK OBLASTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
NEOTROPIK OBLAST
OKEAN
TOSHKENT
AVSTRALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты