AQOQIYO

AQOQIYO, arab yelimi, gummiarabik — asosan Afrika va Arabistonda oʻsadigan akatsiyadan olinadigan yelim. Ochiq havoda shaffof, moʻrt modda boʻlib qotadi, suvda erib, yopishqoq quyqa hosil qiladi. Aqoqiyo, asosan, arabinat kislotaning kaliy, kalsiy va b. tuzlari qotishmasidir. Sharq tabobatida, jumladan Oʻrta Osiyo tabobatida juda qadimdan dori sifatida ishlatilgan. Tibbiyotda emulsiya, tabletka, habdori tayyorlashda, sanoatda gaz-mollarni ohorlash, turli boʻyoqlar tayyorlashda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: AQOQIYO haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



KALSIY
EMULSIYA
YER
OSIYO
KALIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты